Futbol

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston Malayziya terma jamoasini «yanchib tashladi»

446

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvilari doirasida Malayziyaga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bellashuvda, vakillarimiz yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Biroz sokin tarzda boshlangan uchrashuvdagi dastlabki gol 17-daqiqada kiritildi. Jaloliddin Masharipovning ajoyib uzatmasidan keyin, yaxshi pozisiyaga chiqib borgan Farrux Sayfiyev Dostonbek Hamdamovga ajoyib uzatma berdi va Hamdamov hisobni ochdi 1:0. 28-daqiqada Jaloliddin Masharipovning chiroyli harakatlaridan so‘ng, Dostonbek dublni rasmiylashtirdi 2:0. 3-gol ham o‘zini unchalik ko‘p kuttirmadi. Yana o‘sha chap qanotdan uyushtirilgan hujumni Husayn Norchayev gol bilan yakunladi 3:0. Taym oxirrog‘ida Malayziya terma jamoasi  a’zosi Badrol Baxtiar hisobni bittaga qisqartirdi 4:1. Ikkinchi taym ham biroz vakillarimiz ustunligida boshlandi va bu 67-daqiqada o‘z tasdig‘ini topdi. Zahiradan maydonga qo‘shilgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev hisobni yana yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Bahsning oxirgi daqiqalarida Azizbek Amonov hisobni 5:1 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. O‘yinning qolgan daqiqalari ham hujumlarga boy tarzda kechdi, ammo har ikki terma jamoaga ham gol urish nasib qilmadi.

9 oktyabr (shanba)
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘ZBEKISTON – MALAYZIYA – 5:1
Iordaniya. «Amman International stadium» 

Fikr bildirish