Teglar :
“So’g’diyona” “Paxtakor” “Bunyodkor”Farrux SayfievAbdulla Abdullaev“Turon”Luka CHermelDayan Ponevich
Futbolchining mehnati muxlislarga har hafta o’tadigan 90 daqiqalik o’yindangina iborat bo’lib tuyuladi.
Raqib qarshisiga chiqqunga qadar olinadigan yuklamalar, jamoviy va indvidual mashg’ulotda to’kiladigan ter oddiy ishqiboz nazaridan chetda qoladi. Ammo buning uchun katta kuch sarflanishini unutmaslik kerak. SHu tufayli uzoq davom etadigan davraviy musobaqalarda to’liq o’ynash barchaga ham nasib qilavermaydi. Kimgadir jarohatlar pand bersa, kimning jismoniy holati charchoq oldida ojiz qoladi. Ammo kam bo’lsa ham, bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddalaydigan futbolchilar yo’q emas. Keling, Superliganing joriy mavsumidagi barcha o’yinlarda forma kiyayotgan o’yinchilar haqida so’z yuritamiz.
Yusupov va Nesterov
Garchi darvozabonlar uchun mavsumni to’liq maydonda o’tkazish nisbatan qulay bo’lsa-da, 21 turdan keyin faqat 2 posbonda bunday imkoniyat qoldi: "Navbahor" posboni O’tkirbek Yusupov va afsonaviy Ignatiy Nesterov ("Qizilqum").
38 yoshli Nesterov 21 o’yinda 18 marta o’z darvozasidan to’p olib chiqishga majbur bo’lgan, undagi "quruq o’yin"lar qatoriga 7 raqami tushirilgan.
Ayni paytda terma jamoa ixtiyorida bo’lib turgan Yusupov esa 21 bahsda 14 gol o’tkazgani holda 10 o’yinda darvozasining dahlsizligini taminlagan.
Abdulla Abdullaev
"Bunyodkor" himoyachisi ham terma jamoa yig’inida ishtirok etyapti.
Joriy mavsum Superliganing barcha bahslarini asosiy tarkibda boshlagan 24 yoshli futbolchi faqat 1 bor zaxiraga olingan (12-tur, "Surxon" bilan o’yin). Abdulla 5:1 hisobida "qaldirg’ochlar" foydasiga hal bo’lgan o’yinning 86-daqiqasida almashtirilgan edi.
Farrux Sayfiev
"Paxtakor" himoyachisi o’z ampluasida yurtimizning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi. Ayni paytda "Paxtakor" safida eng ko’p o’yin amaliyoti olayotgan ham u.
Xyuistra barcha o’yinlarni asosiy tarkibda boshlagan 30 yoshli futbolchini zaxiraga olishga olishga faqat 2 bor jazm qila oldi.
Luka CHermel
"So’g’diyona" 2021 yilning eng jangovar jamoasi ekani haqida bir necha bor gapirdik. Ulug’bek Baqoev shogirdlari orasida faqat 1 kishi barcha "jang"larni ilk daqiqalardan boshladi.
26 yoshli serbiyalik futbolchi faqat 1 o’yinda zaxiraga olingan. U 3-turdagi "Qizilqum" bilan o’yinning 22-daqiqasida jarohatga yo’liqqani tufayli almashtirilgan edi.
"Temir odam"
Yuqorida darvozabonlardan keyin to’xtalgan 3 futbolchimiz 1 o’yinda bo’lsa ham, zaxiraga olingani to’g’risida malumot berdik. Superliganing joriy mavsumida faqat 1 futbolchi barcha uchrashuvlarda to’liq o’ynab kelmoqda. Bu "Turon" himoyachisi Dayan Ponevich hisoblanadi.
To’liq mavsum o’tkazish darvozabonlar uchun nisbatan osonligini inobatga olib, yil yakunida "Temir odam" nominaciyasini aynan Ponevichga bersak kerak. Buning uchun Dayan charchoqlarga "dayanib" (turkcha "chidab") oldinda turgan 5 turda ham to’liq o’ynashi kerak bo’ladi.
Malumot uchun, o’tgan mavsumda faqat bir kishi barcha o’yinlarda to’liq harakatlangan edi — "Qizilqum" futbolchisi Oleg Tolmasov. 2019 yilda esa Umar Eshmurodov ("Nasaf") va Anzur Ismoilov ("Paxtakor") yuqori barqarorlik ko’rsatgan.
Top-11. Katanecdan chaqiruv olmagan futbolchilar
Muallif : Faxriddin Ro’ziyev
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.