Futbol

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O’zbekiston Superligasiga qaratiladi.

408



FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Superligada hisob vaqti: Kimga medal, kim Pro ligaga?

Teglar : 
Coca Cola Superliga-2021
FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O’zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Mavsum yakuniga qadar 5 ta tur qoldi. Yani, allaqachon "jo’jalarni sanaydigan" vaqt keldi. 

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Keling, biz ham turnir jadvalining yakuniy ko’rinishi haqida o’z hisobimizni qilib ko’ramiz. Tasavvur qiling, oldindagi o’yinlarda ham 1-davradagi natijalar aynan qayd etilsa, qanday bo’lar edi? Buning uchun klublarning 9-13-turlarda ko’rsatgan natijalariga etibor qaratamiz (Taqvimning 22-26-turlarida yana o’sha bahslar takrorlanadi). 

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Birinchi davra yakunidagi 5 turda barchadan ko’proq ochkoga "Paxtakor" ega chiqqan (13). 4 raqibini mag’lub qilgan "sherlar", "So’g’diyona" bilan durang o’ynagani holda 13 ochko olgandi.

Keyingi o’rinni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK va Hamidjon Aktamovning "Qizilqum"i band qilgan — 10 ochko.

"Nasaf" — 9 ochko. "Metallurg" va "Loko"ga imkoniyatni boy bergan "ajdarlar" "Andijon", "So’g’diyona" va "Qo’qon-1912"ga qarshi o’yinlarda 3 balldan olgan.

"Navbahor"ning hisobiga 8, "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Mashal"ga esa 7 tadan ochko yozilgan.

5 o’yinning 4 tasida maydonni golsiz tark etgan "So’g’diyona" 6, "Metallurg", "Andijon" va "Surxon" 4 ochkolik bo’lgan. 

Yaypanninng "Turon" klubi 5 o’yinda 5 dona ochko olgan bo’lsa, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo’qon-1912" eng yomon natijani ko’rsatgan — 3.

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

Agar oldimizda turgan 5 o’yinda jamoalar 1-davradagi natijalarni takrorlashsa, turnir jadvali quyidagicha bo’lar edi.

klubo’yinochko
1 "Paxtakor" 21 64
2 AGMK 21 47
3 "Nasaf" 20 45
4 "So’g’diyona" 21 45
5 "Qizilqum" 21 41
6 "Bunyodkor" 21 40
7 "Lokomotiv" 21 39
8 "Navbahor" 21 37
9 "Qo’qon-1912" 21 31
10 "Mashal" 21 25
11 "Metallurg" 21 23
12 "Surxon" 20 21
13 "Andijon" 21 21
14 "Turon" 21 17

Faqat oxirgi 5 ta tur natijalarini qayta yozib chiqqanimiz tufayli "Nasaf" va "Surxon" o’rtasidagi 19-turning qoldirilgan o’yiniga tegilmadi. 

Mavsum oxirida "Paxtakor"ning 1-bo’lishiga shubha qiladiganlar bo’lmasa kerak. Zotan, barcha "sherlar" chempionlikni nechanchi turda rasmiylashtirishi bilan qiziqyapti. Ammo ayni paytda meddallar uchun kurashda juda qiziq holat vujudga keldi. 1-davradagi natijalar takrorlansa, AGMK va "Nasaf" Jizzax klubidan o’zib ketadi. Bunda Ro’ziqul Berdiev shogirdlari qoldirilgan o’yinni yutsa, ketma-ket 2-yil kumush medalga sazovor bo’lishi mumkin. "Qizilqum" esa poytaxtning 2-jamoasini ortda qoldirib, 5-pog’onaga ko’tariladi. "Navbahor" qatorasiga 3-mavsum 8-o’rin bilan kifoyalanadi.

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.

SHkvirin boshchiligidagi "Turon" 1-bo’lib elitani tark etishi kutilyapti. Agar so’nggi turdan keyin ham "Andijon" va "Surxon"ning ochkolari teng kelsa, Termiz klubi yuqoriga joylashadi. CHunki o’zaro o’yinlardagi ustunlik Bahrom Haydarov shogirdlari tomonda. Barchasi yaqin 45 kun ichida hal bo’ladi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Siz qanday fikrdasiz? Mavsum oxirida turnir jadvali shunday ko’rinish olishi mumkinmi? Superligani 2 xususiy klub ("Andijon" va "Turon") tark etadimi?

"Temir odam" "Turon"da o’ynayapti

FIFA kunlaridan keyin asosiy etiborimiz yana O'zbekiston Superligasiga qaratiladi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish