Futbol

Ushbu maqola 2016 yil 25 oktyabr kuni yozilgan.

157



Ushbu maqola 2016 yil 25 oktyabr kuni yozilgan.

5 yil oldin yozilgan maqola: Bir yilda ikkita JCHga chiqa olmadik, bunga shifokor nima deydi?

Teglar : 
Arxiv
Ushbu maqola 2016 yil 25 oktyabr kuni yozilgan.

Kecha terma jamoamiz Eronga yutqazdi. Sal avvalroq Iroqqa mag’lub bo’lib, o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatidan mahrum bo’ldik.

Bolalar futboli, bolalar futboli deyaverib charchadik. Etibor qilishmadi. Bergan takliflarimizni o’rganish tugur, o’qib ham chiqishmadi. Ularga ko’proq taklifdan ko’ra, «koment»ni o’qish qiziq. Bitta yaxshi nemis shifokori bor ekan, savol javob qilib kasalingizni aniqlab berarkan. SHunday qilib, bolalar futboli shifoxonada.

B.F: – Guten Tag!

SHifokor: – O’zbekcha gapiravering, «Championat.asia» saytini o’qib turaman. Men ancha muncha o’zbekcha gapiradi. SHu do’stim, saytda fikr qoldiradiganlar ko’p yomon gap gapiryapti, ko’p gapiryapti, menga olib keling yumshoq joyiga ukol qilib qo’yaman.

B.F: – Buni hal qilamiz, Siz bizni kasalimizni ko’rib bering…

SHifokor: – Ko’ramiz, ko’ramiz… Xo’sh, Siz manga aytadi, MRT qildirdingizmi?

B.F: – Ha, mana (B.F: MRTni shifokorga uzatadi)

SHifokor: – (shifokor o’rnidan turib ketadi) CHatoq, chatoq… Ahvol ancha chatoq… SHuncha payt nega shifokor huzuriga kelmadingiz? Ishqilib dardini bergan, shifosini ham bersinda…

B.F: – Ja unchalikmasdir o’rtoq shifokor, mana 1996 yillarda tug’ilgan bolalarimiz Osiyo chempioni bo’lishdi.

SHifokor: – Qachongacha maqtanib yuraverasiz? O’sha bolalar qani hozir? Janob Estafeevning bolalari qani? Ularning ikkisi ham jahon chempionatida o’ynab qaytishdi. Menga qarang, jahon chempionatidan kelgan futbolchilaringiz keyin qaerda to’p tepishadi?

B.F: – Hech qaerda, ular yosh-ku hali. Onda-sonda o’rinbosarlar safida tushib turishadi. 

SHifokor: – Ha, 20 yosh bu yosh futbolchi sanalishi yodimdan chiqibdi. Uzr, noo’rin savolni men berdim. Lekin mana bu MRT natijalariga qarasam, so’nggi 5 yildagi ahvolingizni tushunishim mumkin. Bu malumotlarni menga «Championat.asia» saytining mamuriyati berdi. Oliy liganingiz qarib ketgan. Bu yil Anvar Berdievni ikki klub o’rtasida talash bo’lganini eshitib rosa kuldim. Paytida bu futbolchi MTJingizga kerma emas edi. Yana Mirxoldirshoev, Xolmurodov, Irismetov degan bombardirlaringiz bo’lardi. Kechinov degan futbolchingiz 17 yoshida oliy liganingizda to’purarlar ro’yxatida bo’lgan. Siz uylantirib qo’yadigan yoshga etgan futbolchini hamon o’rinbosarlar safida o’ynatasiz. Mana qarang (statistikani ko’rsatib), 2010 yilda jamoalaringizni o’rtacha yoshi, yoshlar foydasiga 8-6. Bu erda men jamoaning o’rtacha yoshi 27gacha va undan katta bo’lganlarni ajratib berayapman. Siz meni oldimga 2011 yilni o’zidayoq kelishingiz kerak edi. Nima qilib yurdingiz 4 yil. Ana o’shanda kelmaysizmi, hozir Qatarda sharmanda bo’lmay qaytgan bo’lardingiz. Olimpiada, Olimpiada deysiz, Olimpiadaga 2 oy tayyorgarlik ko’rilmaydi. Uning uchun tanangiz sog’lom bo’lishi kerak. Ex, gazak oldirib yuborganingizni qarang. 2012 va 2013 yillarda oliy liganingiz sal epaqayiga keldi. «Bunyodkor»dan yulduzlar ketib qolgach yoshlarga joy berdi. SHuning uchun bu yillarda 7-7 natijasini ko’rish mumkin.

Tuppa-tuzuk yoshlar bilan ishlab turgan SHkvirinni bolalarini yig’inma-yig’in olib ketaverib, uni ham yoshlardan bezillatib qo’ydinglar. Oliy ligaga chiqqanida «Olmaliq», «Paxtakor»dan keyin ikkinchi o’rinda turardi, yosh futbolchilarni o’ynatish borasida. Qani o’sha yig’inma-yig’in olib yurgan bolalaringiz? Endi SHkvirinni o’ziga ham kerak emas. Oxirgi 4 yilda u ham yoshlarni tushirmay qo’ydi. Tushirmaydida, rahbariyat natija talab qilib turganidan keyin, yosh futbolchini kashf qilay desa chetdan yig’indan kelmasa. Yosh bolani sarson qilishni nima keragi bor, oliy ligada o’ynasin, ko’zi pishsin. O’tkan yili yomon bo’lmadi, sal bo’lsada yosh jamoalar soni oshdi. Lekin bu yilgi natijangiz… «SHo’rtan»ning o’rtacha yoshi 28.8, «Buxoro»niki 28.3… Bu hali hammasi emas (shifokor asabiylasha boshladi)! «Qizilqum» 30ni urib qo’yibdiku, 29.5. Bu oliy liganingiz tarixidagi eng qari jamoa. Qaerdan siz jahon chempionatiga chiqasiz, hech bo’lmasa 10 nafar futbolchingiz yo’q-ku oliy ligada. Avvallari baxtingizga birinchi liga sal tuzuk edi, hozirchi?  O’zi bu ligangiz PFLga qiziqmi, qani bir saytiga kiraylikchi (shifokor planshetini ochib saytga kiradi). Ha, 30-tur yakuniga etibdi, yaxshi-yaxshi… «Lokomotiv»ga balli, birinchi ligada farm klub qilibdi, mana yoshlarga etibor (hamshira: – ustoz bu 2011 yil-ku, o’sha yili «Lokomotiv» birinchi ligada o’ynagandi.)

Ex, nega «SA»da ham yo’q unda?

Hamshira: – Yil boshida «Oq-tepa» birinchi ligadan chiqib ketdi-ku, shunga ularda texnik nosozlik. «Oq-tepa»ni ochkosini bekor qilishdi…

SHifokor: – Ha shunaqa degin, o’zi birinchi ligani ham bir jarrohlik xonasiga olib kirib chiqishimiz kerak ekan. Ha, mayli. Qani yoshlar ligasini ko’raylik-chi, «Bunyodkor» chempion bo’ladi deyishayotgandi… (birinchi ligani ochib) Qanaqasiga «Bunyodkor» chempion, hali «Andijon»da ham imkoniyat bor ekan-ku, oldinda 15 ta tur bor.  

Hamshira: (ichida, uff… shu professor yoshi o’tgach biram ezma bo’lib ketdi-ki): – Ustoz hozir 26-tur.  

SHifokor: – Ha, shundaymi? Mayli, nima deyayotgandim?

B.F: – «Otammi» uylantiraman dedingiz…

SHifokor: – Sendaka hangomachidan, otamni uylantiramanmish.  

B.F: – «Do’xtir» voxima qilmang, ana Iroq har musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayapti-ku, biz ulardan ancha yaxshimiz-ku?

SHifokor: – Iroqni pesh qilmang menga. Sen ham ishla ular kabi. Bilib olganlaring «Paxtakor» va «Bunyodkor». Ko’chaga chiq, viloyatga chiq. U erlarda ham bor, bolalar. Iroqning terma jamoalarini qarab ko’r sen. Bari har xil shahardan. Yaponni qara, Koreyani qara. Nima, yoki yaxshi o’yinchilar faqat Toshkentdami? Oldin nima uchun g’alaba qozonayotganding, bilasanmi? Nima uchun 1993/1994/1995/1996 muvaffaqiyatga erishdi bilasanmi? Bilmasang, bilib qo’y. Bu murabbiylarni klubida nari borsa 25 nafar futbolchisi bor edi. Futbolchisida pasayish bo’lsa, atayin u bilan ishlardi. Turnirma-turnir yurardi. Yozgi oromgoxlarga borardi. Viloyat kezardi. Yaqinda bir maktabingizga ko’rikka bordim. Ex… qon bosimim oshib ketdi-yov… (shifokor oldida turgan doridan bitta ichib yubordi) Bitta murabbiyingizda 3ta «gruppa». Hammasida 30 nafardan bola. Biridan chiqib ikkinchisiga mashq qildiradi, kechga uchinchisi. Bunaqada sifat yo’qoladi-ku, axir. Bitta tarkibi bilan bemalol viloyatga keta olmaydi, ortidan 60 nafar qora ko’z qarab qoladi. O’yinchisi yaxshi o’ynamay qolsa, uni ikkinchi tarkibga yuboradi. A, ishla undan ko’ra ustida. O’rganib oldingiz, o’yinchi o’ynay olmasa, boshqa viloyatdan tayyor o’yinchini olib kelishga. Undan ko’ra hamma o’z viloyatida o’ynasin, kelib zaxirangda o’tirmay. Bilib olganing 11 nafar asosiy tarkib. Ota-onalaringga ham xayronman. Xo’rozqand chet elniki desa… Zaxirada o’tirsa ham mayli, faqat «Paxtakor» va «Bunyodkor»da o’ynasin. Ex baraka topkur, bu yoshda o’ynamasa, 20 yoshda o’ynamasa, undan ko’ra fanga ber, futbolni tashlasin, o’qit bolangni, vatanga shunda foydasi tegsin. Bitta jurnalistlaring bor, yoshlar ligasini tashkil etish kerak deb yozgani, yozgan. SHunchalik qiyinmi, 15-17 yoshli bitta liga, bitta 17-19 yoshli liga tashkil qilish? Bizdan kelib o’rganib keting. 14 yoshli futbolchilarimizni «Bundesligasi» bor. Akademiyasi yo’q klubga licenziya berilmaydi. Sizlarda zo’r bitta musobaqa bor. «Tayyorlov guruhi» deysizlar. Qanaqasiga tayyorlov guruhi, qassoblar-ku u erda. 15 yoshlilarning musobaqasida, 15 yoshli futbolchini «lupada» qidirsang. SHu bolalardan natija so’ramalaring. Birinchi liga jamoalaringni maktabi yo’q. CHunki PFLlaring talab qilmaydi. Tayyorlov guruhiga o’sha oy uchun ijaraga jamoa olib o’ynatib oladi. Toshkentda qiziq bu. 6ta birinchi liga jamoasi o’ynayapti. Barchasida yo "Paxtakor", yo "Bunyodkor" libosi. 2 haftaga ijaraga olgan. Hatto o’z klubi emblemasini tushirgan futbolka qilib bera olmaydi!  

B.F: (qaerdan ham keldim, tezroq dori-darmonni yozib bersa-yu, ketsam): – Janob, sal kechikib turgandim, bugun «Lokomotiv»  «Bunyodkor» o’yini bor edi.

SHifokor: – Qanaqa o’yin u?

B.F: – Kubok yarim finali.

SHifokor: – Nega ko’chada hech qaerda afisha yo’q, qaerdanam stadionga odam kirsin? Xop, unda men senga futbolingni qanday muolaja qilish mumkinligini yozib beraman. Demak:

1. Barcha viloyatlarda Toshkentda bo’lgani kabi shahar chempionatini yo’lga qo’yasiz. Unda 5ta avlod vakillari qatnashsinlar.

2. Har bir viloyatda ikkinchi liga bo’lsin. Surxondaryo esdan chiqmasin, 4 yil bo’libdi ikkinchi ligasiga chek qo’yilganiga. Paytida «Neftchi»ni chempion qilgan futbolchilar o’sha o’lkadan kelgan edi.

3. 15-17 yoshli futbolchilar o’rtasida hududiy liga tuzilar. Voha ligasi Qashqadaryoni o’z ichiga olsin. Surxondaryo ham kichkina joy emas, ular ham Qashqadaryo kabi bitta bo’lsa bo’laveradi. Hanna yo’l kira tejaladi. Xorazm va Qoraqalpog’iston Respublikasi bitta hudud bo’lsin. Samarqand  bilan Jizzax. Buxoro va Navoiy. Vodiy bitta «zona». Toshkent o’z yo’liga. Toshkent viloyatida ham jamoalar serob.

4. Agar 2002 yilda tavallud topgan futbolchilaringiz jahon chempionatiga chiqishini istasangiz, 2017 yil Respublikaning barcha hududlarida 2002 va 2003 yillarda tavallud topgan futbolchilar o’rtasida musobaqa o’tkazinglar. 4ta hududni belgilab, to’rttoviga bittadan selekcioner biriktiring. 

5. Omma bilan ishlashni o’rganinglar. Nuqul «SA»dagilar intervyu olaman desa, «zapret». Musobaqa o’tib olsindan boshqa bahona yo’q. Yutqazib qaytganidan keyin kimga qiziq musobaqasi.

6. 14 yoshgacha bo’lgan musobaqalardan turnir jadvalini olib tashlang. SHunda yoshni kichiklashtirishni oldini olasizlar. 7 yoshdan boshlab barcha yangi futbolchilarni bazasini yig’ing.

7. Germaniyada har bir oddiy maktab jismoniy tarbiya darsidan keyin oylik hisobotni o’z hududlaridagi akademiyalarga berishadi. U erdan ham chiqib qoladi yaxshi istedodlar. Boya siz aytgan Iroqning ham yutug’i mana shunda bo’layapti. Maktablaringizni ko’raman, jismoniy tarbiya darsida oq ko’ylak, qora shimda yurgan bolalarni, chetda telefonida internetini «titib». Futbolni fan sifatida o’rganish darkor.

SHifokor: – Hozircha shularni bajaring, kelasi yil oldimga kelasiz. 

B.F: – Kechirasiz, so’nggi savolim, nima deb o’ylaysiz, biz jahon chempionatiga chiqa olamizmi?

SHifokor: – SHuncha darding bo’la turib menga berayotgan savolingni qara, avval yuqorida men yozib bergan kamchiliklaringni to’g’irla. Ha aytish yodimdan ko’tarilibdi. 2017 yilgi oliy liga bitta 21 yoshga to’lmagan futbolchini maydonga tushirishni majbur qilib qo’ymasanglar, Tokioda bo’ladigan Olimpiadaga ham chiqa olmaysizlar. Yaxshisi, birinchi shu masalani ko’rib chiqinglar, keyin qolgani o’zi kelaveradi. 

Bo’ldi chiqing, hamshira men ikki soat dam olmasam bo’lmaydi, boshqa mijoz qabul qila olmayman, avval qon bosimimni o’lchab qo’ying!

 

Ushbu maqola 2016 yil 25 oktyabr kuni yozilgan. Xo’sh, sizningcha 5 yil ichida nimalar o’zgardi?

Fikr bildirish