Boks/MMA

O’z vaqtida O’zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan, bugun esa Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo’lib faoliyat olib borayotgan Vladimir SHin o’zbek va yapon boksi o’rtasidagi farq haqidagi savolga javob berdi.

174

“O’zbekiston boksidagi ertalabki jismoniy chiniqishdan tortib, o’quv-mashg’ulotlar, musobaqaga tayyorgarlik jihatlari bilan Yaponiyadagi ayni holat o’rtasida juda katta farq bor. Mamlakatimizda boksga davlat darajasida etibor qaratiladi. Musobaqalarga kompleks tayyorgarlik dasturlari, “Yo’l xarita”lari ishlab chiqiladi. 

Har bir bokschiga beriladigan texnik-taktik yuklamalardan tashqari, ularning jismoniy, ruhiy muvozanatini mustahakamlashga ham alohida etibor qaratiladi. Yaponlarda esa ozgina boshqacharoq. Ularda ko’proq professional boks mashg’ulotlari ustunlik qiladi. Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida ularning tayyorgarlik dasturlariga ayni holatlarni joriy etishga harakat qildik. Olimpiada va jahon chempionatidagi muvaffaqiyatimiz(Yaponiya)ning tub negizida bokschilarga yuklamalarda o’zgarish qilish natijasida erishdik, deb o’ylayman. 

SHu manoda, keyingi paytdagi yapon bokschilarining mashg’uloti o’zbek bokschilarining shug’ullanish jarayoniga biroz o’xshab ketdi, desam mubolag’a bo’lmaydi. Yaponiyada boks O’zbekistondagidek juda ommaviy sport turi hisoblanmaydi. To’g’ri, ular ham boksni yaxshi ko’radi. Qiziqadi. Ammo ommaviy shug’ullanish, alohida, maxsus havaskor boks maktablari yo’q ularda. Boks bilan asosan, o’quv yurtlari sport majmualarida, to’garaklarda shug’ullanishadi”, – dedi Vladimir SHin UzA nashriga bergan intervyusida. 

Fikr bildirish