Futbol

Buum! Ishsiz qolgan Zidanga Italiya grandidan taklif bor

407

“Real”dan ketganidan keyin ishsiz qolgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan murabbiylik sohasiga qaytishi mumkin.

Jurnalistlarning xabariga ko‘ra, 49 yoshli murabbiyga Italiya top klubidan taklif bor. Turinning “Yuventus” klubi Zizuni bosh murabbiylikka taklif qilmoqchi.

“Keksa senyora” rahbariyati Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa natijalaridan norozi va yangi murabbiy tayinlamoqchi. Zidanning nomzodi ustuvor deb hisoblanadi.

“Yuventus” prezidenti Andrea Anyelli allaqachon fransiyalik murabbiyga qo‘ng‘iroq qilib, unga taklif bilan chiqqan.

Fikr bildirish