Futbol

APL. Qoldirilgan MYU – «Liverpul» bahsi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

48

Xabaringiz bor, MYU hamda «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv muxlislar keltirib chiqargan tartibsizlik sabab noma’lum muddatga qoldirilgandi. 

Endi o‘yinning boshlanish sanalari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra bahs 13 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Premyer Liga matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu tariqa «Manchester Yunayted» 6 maydan 13 maygacha 8 kun ichida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi. 6 may kuni jamoa Yevropa Ligasi yarim finali doirasida «Roma»ga qarshi bahs olib boradi. 9, 11 va 13 may kunlari esa «Aston Villa», «Lester» va «Liverpul»ga qarshi APL uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerak, «qizil iblislar» 1992 yilning aprelidan beri ilk bor besh kun ichida uchta APL o‘yinida ishtirok etadi.

Fikr bildirish