Futbol

Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.

282



Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.

Markaziy Osiyo Superligasi yoxud o’zbekcha utopiya

Teglar : 
CAFAFaxriddin Ro’ziev
Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.

Ochig’i, men uchun juda g’alati voqea bo’ldi. Uxlashimdan oldin Evropa CHempionlar Ligasi futbol olamining eng obro’li va serdaromad musobaqasi edi. Uyg’onsam, "pistaning po’chog’i"ga aylanib qolibdi. Bu haqda dastlabki mish-mishlar tarqalganda utopiyaga yo’yganlar hozir o’tirishga joy topolmayapti. Bundan futbol yutadi yoki yutqazadi, bilmayman. Voqealar rivojining keyingi qismini oldindan taxmin qilmoqchi emasman. Menga ko’proq o’zbek futboli yoqadi…
Ancha oldin "Facebook"da CAFAning muntazam chempionatini ko’rishni orzu qilishim haqida yozgandim. Fursat tug’ilganida shu mavzuga batafsilroq to’xtalishga qaror qildim.
Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.
			CAFA — bu Markaziy Osiyo Futbol Federaciyasi. Uning tarkibida Afg’oniston, Eron, Turkmaniston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston futbol federaciyalari bor. Orzu qilardimki, shu mamlakatlarning eng kuchli jamoalari bitta musobaqa ostida birlashsa. Deylik, turnirda mazkur klublar qatnashadi.

O’zbekiston:
1. "Paxtakor"
2. "So’g’diyona"
3. "Nasaf"
4. "Qo’qon-1912"

Eron:
5. "Persepolis"
6. "Sepaxon"
7. "Istiqlol" (Tehron)
8. "Fulad"

Tojikiston
9. "Istiqlol" (Dushanbe)
10. "Xo’jand"

Turkmaniston:
11. "Oltin Asr"
12. "Axal"

Qirg’iziston:
13. "Dordoy
14. "Neftchi"

CAFA muntazam chempionati OCHL yoki OFK kubogiga muqobil bo’lmaydi, aksincha mazkur musobaqalarga yo’llanma beradi. Markaziy Osiyo Futbol Federaciyasiga azo mamlakatlarning milliy birinchiliklari 2-divizionlarga aylantiriladi va odatiy tartibda davom etaveradi. Masalan, Qarshining "Nasaf" jamoasi CAFA chempionatini yutgan mavsumda "Navbahor" O’zbekiston chempionligini tantana qilishi mumkin. Bunda Namangan jamoasi OCHLga emas, CAFA birinchiligiga yo’llanma oladi va qita miqyosidagi turnirda ishtirok etish uchun yana bir mavsum yuqori divizionda kurashishi kerak bo’ladi. CAFA chempionatida eng past natija qayd etgan o’zbek klubi esa avtomatik ravishda quyi divizionga tushib, "Navbahor"ning o’rnini to’ldiradi.

Bu g’oya bizga nima beradi?
Avvalo, ajoyib futbol muhiti. Muxlislar yana stadionlarga qaytadi. O’zbekiston chempionati bahslariga nisbatan xalqaro jamoalar yurtimizga tashrif buyurganida stadionlarimiz atrofi gavjumlashib qolishi hech kimga sir emas.
Ikkinchidan, juda kuchli raqobat. Eron, o’zbek yoki tojik klublarining bir-biridan o’zishga harakati mintaqadagi futbol rivojiga keskin tasir qilar edi. (tasavvur qiling, har turda AGMK – "Istiqlol" o’yinidan kam bo’lmagan bahslar)
Bundan tashqari, mintaqada yaxlit futbol bozori paydo bo’ladi. Yani CAFAga azo bir mamlakat fuqarosi, boshqasida legioner hisoblanmaydi. Bu esa futbol orqali non topayotgan yurtdoshlarimiz sonini ko’paytirishi mumkin. Akademiyadan chiqib, o’zbek klublari tarkibiga kira olmagan yosh iqtidor nisbatan kuchsizroq qirg’iz jamoasidan qo’nim topa oladi. Mintaqa xalqlari orasidagi aloqalar yanada rivojlanadi. SHuningdek, translyaciya huquqini minimum 5 ta davlatga sotgan liga o’zini-o’zini rivojlantirishda davom etadi. CAFA tarkibidagi mamlakatlarda boshqa azolarning milliy birinchiliklariga nisbatan qiziqisham ortadi.

P.s.: Albatta, yuqoridagi fikrlar mutloq shaxsiy va ayni zamonda utopiya. Lekin, 24 soat oldin Evropa CHempionlar Ligasi atrofida sodir bo’lgan voqealarni ham taxmin qila olmasdik. Yillar o’tib, futbol xususiylashib ketsa, bu kabi g’oyalarning haqiqatga aylanish ehtimoli yo’q emas. Balki, o’zim amalga oshirarman qachondir:)

Faxriddin Ro’ziev

Bir necha soatdirki, futbol ommasi Evropa Superligasi atrofidagi mojarolarni muhokama qilmoqda.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish