Olimpiadaning ikkinchi kunida taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov oltin medalni qo’lga kiritdi va delegaciyamizga ilk oltin medalni qo’shib qo’ydi.
Olamsport.com sayti o’zbekistonlik sportchilarning ishtirokidan matnli translyaciya olib bordi.
Barcha sport muxlislarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Bizni kuzatishda davom eting! SHuning bilan bugungi matnli translyaciyamiz o’z yakuniga etdi.
17:58. OLTIN!!!! Ulug’bek Rashitov finalda britaniyalik Bredli Sindenni 34:29 hisobida mag’lub etdi va Olimpiya o’yinlarining chempioniga aylandi!
17:54. Adhamjon Ergashevning urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqdi va oltinchi o’rin bilan ishtirokini yakunladi.
17:45. Ulug’bek Rashitovning final jangi boshlandi!
17:27. Adhamjon Ergashev siltab ko’tarish bahslarini boshladi. U ilk urinishda 173 kg. toshni o’ziga bo’ysundirdi.
17:08. Dilshodbek Ro’zmetov irlandiyalik Emmet Brennanga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g’alabaga erishdi.
16:55. Dilshodbek Ro’zmetov ringga ko’tarilmoqda.
16:49. Ergashev dast ko’tarish bahslarini 8-o’rinda yakunladi.
16:18. Adhamjon ikkinchi urinishda 139 kg toshni ko’tardi.
16:15. Afsuski, Ergashev ilk urinishda 139 kg toshni ko’tara olmadi.
16:03. Og’ir atletikada -67 kg vazn toifasida bahslar boshlandi. Unda hamyurtimiz Adhamjon Ergashev ham medal uchun kurashadi.
15:01. Endi Elnur ikkinchi jangini Tojikiston vakili Bahodur Usmonovga qarshi o’tkazadi.
14:36. Elnur Abduraimov Olimpiadadagi ilk jangini mo’g’ulistonlik raqibga qarshi o’tkazdi va 4:1 hisobida g’alabaga erishdi!
13:45. Ulug’bek Rashitovning finaldagi raqibi aniq bo’ldi. U oltin medal uchun britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqadi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 17:45 dan so’ng boshlanadi.
13:19. Olga Zabelinskaya 137 km. masofaga poygada marraga 9-bo’lib etib keldi. U 67 nafar sportchi ichida shunday natijaga erishdi.
13:06. FINAL! Ulug’bek Rashitov yarim finalda bosniyalik raqibini 28:5 hisobida mag’lubiyatga uchratib, finalga yo’l oldi! AJOYIB G’ALABA!
12:21. Velosportchimiz Olga Zabelinskaya 96 km. masofani bosib o’tdi… Marragacha oz vaqt qoldi! U ushbu masofani 2 soat 59 daqiqa va 4 soniya ichida bosib o’tdi. Etakchi Anna Kizenxofer (Avstriya)dan deyarli 6 daqiqaga ortda qolmoqda. Zabelinskaya hozircha 67 sportchi ichida 12-natijani qayd etmoqda.
12:02. Ulug’bek final yo’llanmasi uchun Bosniya va Gercogovina vakili Nejad Xushichga qarshi dayanga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 12:30 da boshlanadi. Bahsni tomosha qilish uchun havola > > > TOMOSHA QILISH
11:35. Ulug’bek Rashitov Olimpiada yarim finaliga yo’l oldi! U chorak final jangida eronlik Mirhashim Husayynini 34:22 hisobida mag’lubiyatga uchratdi!
10:45. Ulug’bek Rashitovning jangiga oz vaqt qoldi. Yana taxminan 20-30 daqiqa…
9:01. Velosport. SHosse bahslarida Olga Zabelinskaya 137 km. masofalik poygada bahsga kirishdi. Tajribali sportchimizdan ham medal kutyapmiz!
8:49. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov endi chorak finalda eronlik Mirahim Xosseiniga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 11:00da boshlanadi.
8:39. Taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov janubiy koreyalik Dae Xon Liga qarshi jang olib bordi. Vazn toifasida birinchi raqam ostida saralangan sportchiga qarshi kechgan jangda hamyurtimiz 21:19 hisobida g’alaba qozondi! Koreyalik sportchi vazn toifasida birinchi raqam, Rashitov esa oxirgi – 17-raqam ostida saralangandi. U qo’shimcha bo’limlarda oltin ochko evaziga g’alaba qozondi! Ajoyib! Takidlash lozimki, Ulug’bek jang davomida 11:17 hisobida ortda borayotib, super kambekni amalga oshira oldi!
7:53. Birozdan so’ng taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o’yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Olg’a, Ulug’bek!
7:47. Dzyudo. -52 kg vaznli Diyora Keldiyorova ilk jangidayoq mo’g’ulistonlik Sosobaram Lxagvasurenga ippon evaziga yutqazib qo’ydi. Exxxx….
7:33. -66 kg vaznli dzyudochimiz Sardor Nurillaev ilk bosqichdagi jangini moldovalik raqibga qarshi o’tkazdi va Golden Score vaqtida jarohat sabab bahsni davom ettira olmadi. Afsus…
7:13. -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova polshalik raqibasiga qarshi jang qildi va 4:1 hisobida g’alaba qozondi!
6:35. Birozdan so’ng bokschimiz Tursunoy Rahimova bahsga kirishadi. SHuningdek dzyudochilarimiz kurashni boshlashadi. Ulug’bek Rashitovning ikkinchi jangi esa Toshkent vaqti bilan soat 8:05dan so’ng boshlanadi.
6:25. -68 kg vaznli taekvondochimiz Ulug’bek Rashitov ilk bosqichda Mali vakili Seydu Fofanaga qarshi dayanga chiqdi va 38:17 hisobida g’alabaga erishdi. Endi u birozdan so’ng ikkinchi bosqichda taekvondo vatani vakili, vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi hisoblangan koreyalik raqibga qarshi bahs olib boradi.
6:18. Kunning dastlabki ishtirokini akademik eshkak eshuvchilarimiz boshlab berishdi. Xolmurzaev/Safaraliev tandemi o’tish bahsida startga chiqdi. Yigitlarimiz bahsni yaxshi boshlashgandi. Ammo yakunda charchab qolishdi va marraga to’rtinchi bo’lib etib kelishdi. Endi ular 6-o’rin uchun kurashishadi. Akademik eshkak eshishda medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo’ldik.
6:01. Assalomu alaykum sport muxlislari. O’zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokiga oid matnli translyaciyani boshlaymiz.
Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi:
6:10 – Akademik eshkak eshish: SHaxboz Xolmirzaev/Sobirjon Safaraliev
6:15 – Taekvondo: Ulug’bek Rashitov (medallar uchun)
7:00 – Boks: Tursunoy Rahimova
7:00 – Dzyudo: Sardor Nurillaev (medallar uchun)
7:00 – Dzyudo: Diyora Keldiyorova (medallar uchun)
9:00 – Velosport: Olga Zabelinskaya (medallar uchun)
13:05 – Sport gimnastikasi: Oksana CHusovitina
14:20 – Boks: Elnur Abduraimov
15:50 – Og’ir atletika: Adhamjon Ergashev (medallar uchun)
16:45 – Boks: Dilshod Ro’zmetov
Kun davomida sportchilarimizning ishtirokidan onlayn natijalarni www.olamsport.com saytida kuzatib borishingiz mumkin.
Poster muallifi: Muxtasar Umarova