Transfermarkt O’zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi
Teglar : Transfermarkt.deTransfermarkt
Dunyoga mashhur futbol portali Transfermarkt.de O’zbekiston chempionatida o’ynayotgan futbolchilarning yangi narxlarini elon qildi.
Unga ko’ra "Nasaf" to’purari Husayin Norchaevning narxi eng ko’p ko’tarilgan – 250 000 evro va uning hozirgi narxi 700 000 evroga etgan. "Lokomotiv" vakili Azizbek Amonovning transfer narxi esa 200 000 evroga o’sgan va 550 000 evroga etdi.
"Mashal" hujumchisi Godvin Okvara CHikaning narxi 175 000ga ko’tarilgan. SHerzod Nasrullaev va Diyor Xolmatovning narxlariga yana 150 000 evro qo’shilgan.
Transfer narxi eng ko’p pasayganlar orasida "Paxtakor" himoyachisi Egor Krimec va "Andijon" legioneri Vladislav Vasilev birinchi o’rinda. Ularning transfer narxi 150 000 evroga kamaydi va endi 500 000 evroga teng. Dostonbek Hamdamov, Igor Golban, Boyan Matich, Sinisha Babich, Ixtiyor Toshpo’latov, Vladimir Kozakning narxlari 100 000ga kamaydi.
Yangilanishdan keyin Odil Hamrobekov Superligamizning eng qimmat futbolchisi bo’lib turibdi. Ularning hozirgi transfer narxi 1 000 000 evroga teng.
Dostonbek Hamdamov 900 000 evro bilan keyingi o’rinda turibdi. Nurillo To’xtasinov, Sardor Sobirxo’jaev va Hojiakbar Alijonov portal tomonidan 800 000 evroga baholangan.
Barcha o’zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.