Futbol

ECHLning yarim finali javob o’yini bo’lib o’tmoqda.

34



ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.

ECHL. “Man Siti” – “PSJ” 2:0 (Matnli translyaciya)

ECHLning yarim finali javob o’yini bo’lib o’tmoqda.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

77-daqiqa. Fil Foden imkoniyatga ega bo’lishi bilan, kuchli zarba yo’lladi, ammo to’p ustunga tegib, maydonni tark etdi. 

74-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Kevin De Bryuyne raqib oyog’iga zarba berdi va ogohlantirildi. 

Yana fol… Veratti raqib futbolkasi sifatini tekshirib ko’rdi. 

72-daqiqa. Ogohlantirish! Paredes bilan "yoqalashishga" kirishgani uchun Zinchenko ham sariq kartochka ishlab olmoqda.  

71-daqiqa. Ogohlantirish! Endi Veratti ochiqchasiga Fil Fodenni tepib qulatdi.  

69-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Buyog’iga Anxel Di Mariyaning asabi dosh bermadi. 

68-daqiqa. Kayl Uoker tavakkal qilib o’tirmay, to’pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

Inglizlar amalda bellashuv taqdirini hal qilishdi. Endi parijliklar 3 ta gol urishi… Qiyin bo’lsa kerak. 

63-daqiqa. GOOOOOOOL! Qarshi hujumda Maxrez ikkinchi golni urdi. 

62-daqiqa. Errera va Ikardi uchun bugungi o’yin yakunlandi. Ularning o’rnini Draksler va Moyze Kin egalladi. 

61-daqiqa. Ruben Diash yana boshi bilan Erreraning ancha kuchli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo’ldi.  

59-daqiqa. Riyad Maxrez qanotda to’pni o’zidan olib qo’ymoqchi bo’lgan Verattiga nisbatan qo’pol o’ynadi. 

55-daqiqa. PSJning navbatdagi hujumi xavfli bo’ldi, lekin Neymar o’ziga ortiqcha ishionib yuborgandek… Braziliyalik oxirigacha o’zi o’tishga va zarba yo’llashga qaror qildi, ammo Zinchenko va Diash to’pn darvozagacha etib borishiga ham imkon berishmadi. 

54-daqiqa. Keylor Navaaaas birga-bir vaziyatda jamoasini qutqardi. Qo’shimchasiga hakam Foden o’yindan tashqari holatda bo’lganini malum qildi. 

Ikkinchi urinishdan keyin bosh hakam hujumdagilar qoidani buzdi deb topdi.  

52-daqiqa. Veratti jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Uzatmadan keyin Fernandino to’pni qaytardi. Yana standart.

48-daqiqa. PSJ tezkor hujum uyushtirdi va bo’limdagi birinchi imkoniyat Di Mariyada bo’ldi, lekin uning zarbasidan keyin to’p himoyachiga tegib qaytdi. 

47-daqiqa. Maydon qordan deyarli to’liq tozalangan va ikkinchi bo’limda biz yaxshiroq futbol ko’rishga umid qilsak bo’ladi. Bundan ayniqsa futbolchilar xursand bo’lsa ajab emas. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo’lim boshlandi! Uni "Man Siti" boshlab berdi. 

ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.

Hozircha tanaffus, bir oz dam olib, yana qaytamiz. Umid qilamizki, bizni yanada qiziqarliroq, shiddatli hujumlarga boy ikkinchi bo’lim kutib turibdi.   

45+3-dakika. Bo’ldi, PSJ to’pni qo’shib berilgan daqiqalarning so’nggisida olib qo’ydiyu, ammo hujumga o’tishga ulgurmadi.  

45+2-dakika. "Siti" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin ish oxirgi zarbagacha etib bormadi.  

45+1-dakika. Kutilmaganda Markinos xatoga yo’l qo’ydi va De Bryuyne to’pni undan olib qo’ydi, lekin qo’llab-quvvatlovchilar kamligi sabab, hujum rivojlanmadi.    

45-dakika. Birinchi bo’limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo’shib berildi. 

44-dakika. Di Mariya jarima maydoni chizig’iga etay deganda to’pni Neymarga o’tkazib bera olmayapti. Aks holda Neymar zo’r vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.   

43-dakika. Ruben Diash kuchli uzatmani boshi bilan qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Burchak zarbasidan esa mehmonlar samara chiqara olishmadi. 

40-dakika. Di Mariya xavfli qarshi hujumni boshlab berishi mumkin edi, lekin maydonning holati argentinalik normal to’p oshirishini amalga oshirishiga imkon qoldirmadi. Jahon darajasidagi futbolchilar bunday vaziyatlarda bu qadar ko’p xato qilishi tasodif emas.   

38-dakika. Bernardu Silva maydon markazida Neymarga nisbatan ancha qo’pol harakat qildi. Braziliyalik noroziligini yashirib o’tirmayapti.  

37-dakika. "Man Siti" jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin Kevin De Bryuynening uzatmasini himoyachilar qaytarishga muvaffaq bo’ldi.  

36-dakika. CHap qanotdan rivojlangan hujumning so’nggi fazasida to’p Ander Erreraga kelib tushdi va ispaniyalik yarim himoyachi kuchli zarba berdi, lekin yana noaniq.

33-dakika. PSJ raqib darvozasi tomon yo’l topa olmayapti, jarima maydoniga yaqinlashish, bemalol zarba berishga imkon topa olishmayapti parijliklar.

30-dakika. Ilk daqiqalarda to’pni, ustunlikni raqibga topshirgan mezbonlar sekin-asta o’yin borasida ham muvozanatni tiklashmoqda. Navbatdagi hujumni KDB zarba bilan yakunladi, biroz noaniq.  

28-dakika. "Siti" ko’p hujum qilmayotgan bo’lsada, raqib jarima maydoniga yaqinlashsa, xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda. Biroq bu safar Florenci to’pni maydondan chiqarib yuborib, bunga yo’l qo’ymadi. 

24-dakika. Bugun ilk daqiqalardan kelib chiqib, "Siti" tarkibida Zinchenko eng faol va muhim futbolchilardan ekanligini takidlash lozim. Ukrainalik futbolchi ham to’pni olib qo’yishda, ham hujumlarni rivojlantirishda juda faol. 

22-dakika. Ogohlantirish! Asablar-asablar… Kerak emas joyda, faqatgina ko’p gapirgani uchun Ander Errera sariq kartochka ishlab oldi.  

19-dakika. Kutilmaganda Anxel Di Mariya zarba yo’llab qoldi va to’p darvoza yonginasidan o’tib ketdi. Hozircha "omad qushi" "Man Siti" tomonda desak mubolag’a bo’lmaydi.  

16-dakika. Uzoq davom etgan hujumni burchak zarbasi uchun raqib jarima maydonchasiga kelgan Markinos gol bilan yakunlashiga to’sin yo’l qo’ymadi. 

15-dakika. Parijliklar pressing evaziga to’pni olib qo’ydi va jarima maydoniga yaqinlashayotgan Neymar yiqitildi. Jarima zarbasini jabrlanuvchining o’zi amalga oshirdi va Fernandinoga tekkan to’p, maydonni tark etdi. 

Tezkor qarshi hujum chap qanotdan rivojlandi, Aleksandr Zinchenko oldinga o’tib, to’pni markazroqdagi Kevin De Bryuynega etkazdi, belgiyalikning zarbasidan keyin to’p himoyachiga tegib, Riyad Maxrezga borib tushdi va u imkoniyatidan unumli foydalandi. 

11-dakika. GOOOOOOOOOL! "Man Siti" birinchi hujumdayoq hisobni ochmoqda! 

Ammo "VAR" xonadagilar hamkasblariga shoshmaslikni va vaziyatni takroran ko’rishni maslahat berishdi, o’z ko’zlari bilan takror ko’rganidan keyin to’p Zinchenkoning elkasiga tegib, o’tib ketganini tushundi va qarorini bekor qildi.   

6-dakika. Penaltiii!!! Hakam nuqtaga ishora qilmoqda. 

3-dakika. PSJ kutilganidek ilk daqiqalardan hujumga tashlandi. 

Bugun zerikmasligimiz turgan gap. Qo’shimchasiga, stadion oppoq qorga burkangan. May oyida bunaqasi kamdan-kam bo’ladi. 

1-dakika. Uchrashuv boshlandi!

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo’lib ulgurgan.

"Manchester Siti" – PSJ

"Etixad"

"Manchester Siti" – Ederson, Uolker, Diash, Stounz, Zinchenko, Fernandino, Gyundogan, Bernardo, Maxrez, Foden, de Bruyne.

PSJ – Navas, Florenci, Markinos, Kimpembe, Diallo, Paredes, Errera, Verratti, Di Mariya, Neymar, Ikardi.

ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.

Manchester City

Riyad Mahrez – 11′, Riyad Mahrez – 63′

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

05/05/2021, 00:00

0
:

2

2-bo’lim

ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.

Paris Saint-Germain

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.
			ECHLning yarim finali javob o'yini bo'lib o'tmoqda.
			45′
90′
8′  Oleksandr Zinchenko11′  Riyad Mahrez63′  Riyad Mahrez63′  Phil Foden72′  Oleksandr Zinchenko74′  Kevin De Bruyne22′  Ander Herrera62′  Mauro Icardi (Moise Kean)62′  Ander Herrera (Julian Draxler)69′  Angel Di Maria71′  Marco Verratti75′  Leandro Daniel Paredes (Danilo Pereira)75′  Alessandro Florenzi (Colin Dagba)
Match-senterda ochish

Fikr bildirish