Sayyoramizning ettinchi raqamli tennis malikasi Elina Svitolina musobaqaning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Ukrainalik tennischi uchinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 40-pog’onadan joy olib turgan ruminiyalik Sorana Kirstyani 4/6, 6/4, 7/6(3) hisoblarida mag’lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 32 daqiqa davom etgan bahsda 27 yoshli Svitolina 6 ta, 31 yashar Kirstya esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan uchinchi uchrashuvi bo’ldi – 3:0. Endi Svitolina BNP Paribas Open turnirining 1/8 finalida yoki amerikalik Jasmin Paoloni yo Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi.