Ushbu turda muxlislarni bir-biridan qiziqarli to’qnashuvlar kutmoqda, desak yanglishmaymiz. Biz esa ertangi bahslar oldidan mutaxassis fikriga quloq tutishni lozim topdik. Bunda bizga tajribali murabbiy Jamshid Saidov ko’maklashadi.
1.10.2021
"Qo’qon-1912" – "Paxtakor" 16:00
– Superliganing 21-turini ushbu qarama-qarshilik boshlab beradi. Azaldan bu jamoalar o’rtasidagi uchrashuvlar shiddatliligi va murosasiz o’tadi. SHaxsiy fikrim, Qo’qonda "Paxtakor" g’alaba qozonadi. Poytaxt klubi chempionlikka yaqin, ayni paytda birinchi o’rinda ketmoqda. Ular Andijondagi xatoni boshqa takrorlamaydi. Maydon egalarida tarkib bilan bog’liq ayrim muammolar bor.
01.10.2021
"Metallurg" – "Lokomotiv" 18:15
– Birinchi davrada Toshkentda kechgan uchrashuvda bekobodliklarning qo’li baland kelgan edi. "Metallurg" "Andijon" bilan o’yinni hisobga olmaganda, so’nggi sakkizta turni muvaffaqiyatsiz o’tkazdi. Mazkur bellashuvda "Lokomotiv"ning qo’li baland kelishi mumkin.
02.10.2021
"Mashal" – "Nasaf" 15:30
– Oxirgi o’yinlarda ko’rayotgan bo’lsangiz "Mashal" yaxshi va tartibli o’yin namoyish qilmoqda. "Nasaf" esa raqib darvozasiga 5-6tadan gol uryapti. Menimcha kichik ustunlik "Nasaf"da. Qarshiliklar yirik bo’lmagan g’alaba qayd etadi.
"Andijon" – "So’g’diyona" 15:45
– "So’g’diyona" oxirgi turda "Metallurg"ni mag’lubiyatga uchratdi. Oldingi turda safarda durangga imzo chekdi. "Andijon" esa o’z muxlislari qarshisida to’p tepadi. Mehmonlarga bu safar biroz qiyin bo’ladi-yov. Imkoniyatlar teng, 50/50.
"Bunyodkor" – AGMK 18:00
– O’zingiz ham ko’rdingiz, "Bunyodkor" 20-turda "Nasaf"ga yirik hisobda mag’lub bo’ldi. O’ylaymanki, murabbiylar va futbolchilar bundan to’g’ri xulosa chiqarishgan. Boz ustiga "Bunyodkor" o’z maydonida harakat qiladi. AGMK ham yaxshi o’ynamoqda. Kuchli jamoa hisoblanadi. Bu uchrashuvda ham imkoniyatlar 50/50.
03.10.2021
"Surxon" – "Navbahor" 16:00
– Termizliklar safida yaxshi futbolchilar jamlangan bo’lsada, qanday o’yin o’xshasa shunday o’ynaymoqda. "Navbahor" Samvel Babayan kelgach taktik jihatdan o’zgara oldi. Ushbu bahsda "lochinlar" so’zsiz g’alabani o’ziniki qiladi.
"Qizilqum" – "Turon" 18:15
– Turning oxirgi uchrashuviga ham etib keldik. "Qizilqum" uyda hujumkor o’yin ko’rsatadi. SHuni inobatga olgan holda mezbonlarda uch ochkoni qo’lga kiritishi ehtimoli bor. "Turon" ham yomon jamoa emas. Qaerdadir omad etishmayapti. Nazarimda bu turda sensaciya ko’rmaymiz. Bular shunchaki taxmin va shaxsiy fikrlar. Hammasini maydonda ko’ramiz.