Tennis

Byanka Andreesku safdan chiqdi

18

Kutilmaganda dunyoning 20-raketkasi bo’lib turgan Byanka Andreesku ikkinchi davra uchrashuvida mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Kanadalik tennis malikasi 1 soatu 54 daqiqa davom etgan bahsda reytingda o’zidan 23 pog’ona pastda joylashgan amerikalik SHelbi Rojers yutqazib qo’ydi – 4/6, 5/7.

Byanka 4 ta, SHelbi esa 2 ta eys zarbani ijro etgan. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi SHelbi Chicago Fall Tennis Classic turnirining uchinchi bosqichida yaponiyalik Mai Xontamaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish