Futbol

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o’zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

254



FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

“Autsayderlarni eyish osonlashadi”. Yoxud inqilob futbolga nima beradi?

Teglar : 
Futbol FIFA
FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o’zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Niderlandiyadagi "Future of Football Cup" musobaqasida sinovdan o’tkazilgan yangi qoidalar endi chuqur tahlil qilinadi. Futbolga basketbol, futzal yoki xokkey elementlarini qo’shishga urinayotgan FIFA ayolining qiyofasini plastik jarrohlik amaliyoti orqali uning dugonasiga o’xshatishni xohlayotgan kuyov kabidir. Mabodo "kuyov bola"ning yangi g’oyasi tasdiqlansa, biz sevgan o’yin tez orada tamoman o’zgarib ketadi. Bu haqda oldingi materialda batafsil fikr yuritgandik. Bugun esa rejadagi inqilobiy qarorlarning asosiylariga chuqurroq to’xtalib, tahlil qilamiz.

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

1. O’yin vaqti 90 daqiqadan 60ga tushadi

30 daqiqalik 2 taym = 1 soat. FIFAning o’zgartirilishi eng qiyin va ko’p noroziliklarga sabab bo’ladigan qoidasi shu.

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Bu orqali o’yinning tomoshabopligini orttirish va muxlislarning vaqtini tejash ko’zlangani aytilmoqda. Ammo, qoida buzilgan va to’p maydonni tark etgan paytda vaqt to’xtashini unumaslik kerak. 90 daqiqalik o’yinni ko’rish uchun TV qarshisiga kelgan yoki stadionga borgan muxlis uchrashuv maksimum 120 daqiqada tugashini biladi. Yangi qoida esa bunga imkon bermaydi. Masalan, basketbolda aynan shu tizim ishlaydi. Faol o’yin vaqti 48 daqiqa bo’lgan NBA'da bazi uchrashuvlar 3 soatdan ortiq davom etishini unutmaslik kerak. FIFA translyaciya huquqi va tomoshabin etibori tufayli bu qoidani o’zgartirolmasa kerak.

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

2. CHeksiz zaxira almashtirishlari

Grandlar autsayderlarni eyishini qulaylashtiradigan o’zgarish.  Yani, boylar yanada boyiydi, faqirlarning kun ko’rishi qiyinlashadi. "Bavariya", "Real", PSJ, "Yuventus" va "Manchester Siti" kabi jamoalar teng kuchli 2 ta tarkib shakllantirishi mumkin. "Brayton", "Jenoa" va "Elche"ning moliyaviy holati esa bunga imkon bermaydi. Bunday klublarda zaxiradan tushib, o’yinni yanada kuchaytira oladigan futbolchilar soni nari borsa 3 ta bo’ladi. 

Tasavvur qiling, "Jenoa" Turinda mehmon bo’lyapti. "Yuventus" hujum chizig’ining o’ng qanotida Keza, Kulusevski va Bernardeski almashib o’ynydi. Ularning jismoniy holati Genuya klubining chap qanot himoyasida to’p tepayotgan Domeniko Krishitodan tabbiy ravishda yaxshi bo’ladi. CHunki, Ballardinining qo’l ostida asosiy tarkibga tortadigan boshqa fulbek bo’lmagani uchun Krishito 90 daqiqa o’ynashga majbur. 

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Tanganing boshqa tomoni ham bor. Bu murabbiylar uchun qancha qulay bo’lsa, shuncha qiyinchilik tug’diradi. 5 kishidan o’ynaladigan futzal yoki basketboldan farqli ravishda futbolda o’yinchilar soni ko’proq. Ularni bir necha bor almashtirish o’yinga tayyorlangan taktik ishlanmalarni amalga oshirishga halaqit beradi. 

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

3. To’pni yon chiziqdan oyoq bilan o’yinga kiritish

Futbol oyoq yordamida o’ynaladigan o’yin. Unda qo’lni ishlatish huquqi faqat darvozabonlarga berilgan. "Aut"larni ham oyoq yordamida amalga oshirish imkoniyati esa hujumlarni yanada keskinlashtirib, o’yindagi gollar sonini ko’paytirishi aniq. FIFA taklif qilayotgan qoidalar ichida qabul qilinish ehtimoli eng yuqorisi shu.

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

4. Kichik chetlatish

Sariq kartochka olgan o’yinchi 5 daqiqani maydon tashqarisida o’tkazadi. Qizil kartochka uchun to’liq chetlatish tartibi qo’llaniladigan sportda bu juda ham mantiqli qaror, biroq amalga oshirish deyarli imkonsiz. Bu har penalti va qizil kartochkadan keyin norozilar topiladigan futboldagi janjallar sonini orttiradi xolos. 1 o’yinda chetlatish yoki 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmasligi mumkin, ammo o’rtacha 6 bor sariq kartochka ko’rsatiladi. Bu esa 6 ta bahsli vaziyat demakdir. Kichik chetlashtish qoidasi doimiy ravishda hakamlar bilan bahslashadigan, rahbariyatga ishonmaydigan bizniki kabi futbol o’lkalarida referilarning ahvolini yanada tanglashtiradi. 

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Yuqoridagilar mantiqsizdek ko’rinyapti. Unutmaslik kerak, shu kungacha tatbiq qilingan yangi qoidalarning barchasi dastlab absurd sifatida baholangan. Demak, "kuyov bola" harakatdan to’xtamasa, 5, 50 yoki 500 yildan keyin baribir "jarrohlik amaliyoti" qilinadi. "Kelin"ning qiyofasi qanchalik o’zgarishini esa vaqt ko’rsatadi.

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?

FIFA futbolda navbatdagi inqilobiy o'zgarishlarni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish