Futbol

Hammaga malumki, o’zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O’zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

308



Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Latofatli Nigora Abidova bilan yaqindan tanishamiz

Teglar : 
Nigora Abidova
Hammaga malumki, o’zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O’zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

— Futbolga qiziqishingiz va kirib kelishingiz qanday bo’lgan?  

— Futbolga 11 yoshimda qiziqishni boshlaganman. O’shanda Devid Bekxem rasmini sinfdoshlarimda ko’rib, uni futbolchi ekanligini bilib olib, "Manchester Yunayted" o’yinlarini ko’rishni boshlaganman. (2001 yil bo’lgan, Bekxem MYU safidagi paytlar). Menga futbolni o’rgatadigan, tushuntirib beradigan odam bo’lmaganligi sababli, faqat MYU uchrashuvlarini kuzatardim, CHempionlar ligasi yoki mahalliy ligalar tizimi va boshqa narsalar haqida vaqt o’tgan sayin o’rganib borardim. 

SHunday bo’lishiga qaramay, "Barselona"ni o’yinlarini sevib tomosha qiladigan bo’ldim. Mana 17 yildirki Kataloniya klubi muxlisiman. 

Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Futbol sohasida ishlashni 2016 yilda championat.asia saytida boshlaganman. 

— O’zPFL matbuot hizmatida ishlash qiyinmi? 

— O’zPFL matbuot hizmatida ishlash oson emas. Bilasiz, ligalar ko’p, barcha o’yinlar va futbol bilan bog’liq marosimlarni yoritamiz. O’yinlar yoz paytlari 22:00da tugashi, ular bilan bog’liq barcha xabarlarni yoritib, tugatgungacha kechki 12 bo’lib ketar edi. Bazida bir kunda turli ligalardagi o’yinlar sonini hisoblaganda 15-17 tagacha etadi.  

Bir sutkadagi vaqtning 70-80% ish bilan o’tib ketadi. Bir nimaga erishish uchun, boshqa narsadan voz kechishga to’g’ri keladi. SHuning uchun o’zingiz yoqtirgan sohada ish olib borish, yaxshi jamoa yig’ib, birgalikda maqsadlarga erishish juda muhim. CHunki ertaga shu ketgan vaqtingizga afsuslanish bo’lmasligi lozim. Bunda jamoangiz qanchalik sizni qo’llab-quvvatlashi — asosiy motivaciya. 

Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Media va marketing sohalari hozirda kompaniyaning asosiy bo’g’inlari hisoblanadi. Ularni rivojlantirgan rahbar – aqlli rahbardir. U doim yutadi. 

Biz hali ishlaydigan masalalar talaygina. Oldinga yurishda davom etamiz. 

— Bir paytlar Championat.asia saytida faoliyat yuritgan ekansiz. Qaysi ish qiziqroq, OAV yoki futbol tashkilotlari?  

— To’g’ri, 2016-2017 yillari championat.asia saytida ishlaganman. Ishim bolalar futboli bilan bog’liq bo’lgan. Keyinchalik "Paxtakor" futbol klubidan ishga taklif bo’ldi, klubda ham matbuot bo’limi faoliyat yuritganman. Ko’rib turganingizdek, OAV bilan doimiy ravishda ishlayman. O’zPFL matbuoti qamrovi klubnikidan ancha keng, ish ko’proq. 

OAVda, klubda, ligada ishlashda har birining o’zini zavqi bor. 

— Adashmasam, OFKda ham ishlayapsiz. SHu haqda aytib berolasizmi? 

— Xabaringiz bor, OFK bu yildan boshlab tijorat va translyaciya huquqlari bo’yicha Football Marketing Asia kompaniyasiga bilan 8 yillik shartnoma tuzgan. Osiyo CHempionlar ligasi guruh uchrashuvlarida, qolaversa, 1/8 finalda OFK talabiga asosan tijoriy masalalar bo’yicha menedjer sifatida faoliyat yuritdim. 

Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

OFKning uchrashuvdagi barcha yo’nalishlar bo’yicha talablari juda baland. Bosqichma-bosqich biz ham tijorat bilan bog’liq ishlarda talabni kuchaytirishimiz lozim. Reklama futbolga katta pul oqimini olib kelishi mumkinligini tushunib, hayotda tadbiq qilish kerak. 

— "Barselona" fanati ekaningizni bilamiz. Klubdagi inqiroz qancha davom etadi deb o’ylaysiz? 

— "Barselona" katta inqirozni boshdan kechirayotgani hech kimga sir emas. Klub vice-prezidenti Eduard Romeu bir oy oldin bergan intervyusiga nazar solsak, u jamoadan 2 yil hech qanday natija kutmasligini muxlislardan so’radi. 

Laporta-Kuman o’zaro munosabati, Kumanning OAV oldida klub va futbolchilarni ochiqchasiga tanqid qilishi, klubning 1,5 mlrd. evro qarzdorligi va rekord darajadagi 500 mln. evro zarar ko’rgani, eng yaxshi futbolchisi Leo Messini ushlab kola olmaganligi… Bu ro’yxatni davom ettirish mumkin. Lekin yaxshi tomonlari ham bor. 

"Barsa" bugun Ansu Fati bilan 2027 yilgacha mo’ljallangan yangi sharnoma imzoladi. Klausulasi 1 mlrd. evroligini hisobga olsak, klub Fatini qadrlaydi, uni qo’yib yubormoqchi emas. Pedri ham juda iqtidorli futbolchi, bunaqa ko’p va jonini berib ishlaydigan futbolchilar kam. "Barsa" u bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi. 

Aytmoqchi bo’lganim, "Barselona" doim o’z akademiyasi ishongan klub, La Masiya dunyoga ko’p ajoyib futbolchilarni keltirgan va shu yo’lda davom etmoqda.

2-3 yil sabr qilishga to’g’ri keladi. Yoshlar tajriba orttirib, klub moliyaviy ahvoli yaxshilanguncha vaqt kerak bo’ladi. Buni muxlislar ham tushunib etishi lozim. 

— Jahon futbolidagi eng kuchli 7 futbolchini ayting?  

— Albatta Devid Bekxem mening har qanday ro’yxatimda birinchi o’rinda turadi)) 

Leo Messi — men ko’rgan eng iqtidorli futbolchi. Uning o’yinini ko’rib qoyil qoladi odam.  

Krishtianu Ronaldu — 36 yoshda bunaqa jismoniy jihatdan kuchli futbol ko’rsatishi, o’zini ustida ishlash natijasida maqsadga erishish mumkinligi namunasi bo’la oladi. 

Xavi, Karles Puyol, Andres Inesta — ular bilan doim hayratlanganman. 

Va albatta bu Ronaldino — mening "Barsa"ni yaxshi ko’rib qolishimning asosiy sababchisi. Bir so’z bilan aytganda — afsungar. 

Siz so’ragan ettita futbolchidan deyarli barchasi Kataloniya klubidan ekan)) 

Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

— Bu yil "Oltin to’p"ni kim oladi?  

— Pandemiya sabab tarixda ilk bor 2020 yilda Oltin to’p topshirilmadi. SHuning uchun ham 2021 yilgi marosim shiddatli o’tishiga shubham yo’q. Joriy yilda o’zini o’yini bilan boshqalardan ajrab turgan, jamoasiga katta turnirlarda g’alaba keltirgan futbolchilar 3 ta deb o’ylayman. Ular Lionel Messi, Robert Levandovski va Jorjino. Messi nihoyat Kopa Amerikani oldi, Levandovski Oltin butsani qo’lga kiritdi, Jorjino esa CHempionlar ligasi va Evro-2020 g’olibiga aylandi. 

— O’zbek futbolidagi eng yaxshi murabbiy kim? 

— O’zbek futbolida ikki murabbiyni ajratib ko’rsatgan bo’lardim: SHota Arveladze va Ro’ziqul Berdiev. To’g’ri, Arveladzega yaxshi sharoit yaratilib berilgan, moliyaviy tarafdan ham klub qiyinchilik ko’rmagan deyishingiz mumkin. Lekin o’sha paytda "Paxtakor"da ishlaganman. Bir qarashda jipslashtirish qiyin bo’lgan vaziyatda barcha futbolchilarni bir maqsad ustida bir yoqadan bosh chiqarishga o’rgatdi. Klub tizimini ham yaxshilashga erishdi. "Lokomotiv" 3 yil davom etgan triumfiga barham bera oldi. 

Ro’ziqul Berdiev haqida qancha gapirsa ham oz. Yosh futbolchilar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan, "Nasaf" o’yinchilari mehnatsevarligi, tirishqoqliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Toza va chiroyli futbol ko’rsatadi, shuning uchun ham butun o’zbek xalqi "Nasaf"ni yoqtirsa kerak. 

— O’zbekiston chempionatlarida eng kuchli legionerlar beshligini tuzing. 

— Rivaldo 

Xose Luis Vilyanueva 

Tiago Bezerra 

Akmal Xolmatov 

Dragan CHeran 

Marko Stanoevichni ham ko’rsatib o’tgan bo’lardim. O’zbekistonga kelganiga 2 yil bo’lishiga qaramasdan, ko’p muxlislar qalbiga yo’l topa oldi. 

— Ayollar futbolidagi doimiy komissarlardansiz. Nega u erda erkaklar futboliga nisbatan ko’proq gol uriladi? 

— Ayollar futbolini rivojlantirish — FIFA va OFK ning — asosiy maqsadlaridan biri. Ayollar futboliga yaqin o’tmishdan boshlab etibor kuchayishni boshladi. Ulardan tez vaqt oralig’idan erkaklar ko’rsatadigan futbolni talab qilish noto’g’ri. Erkaklar futboli rivojlanishi uchun vaqt ham, sharoit ham etarlicha. 

Hammaga malumki, o'zbek futbolida bir talay ayol-qizlar faoliyat yuritadi. Ulardan biri O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova. Biz bugun u kishiga bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Kiritilgan gollar soniga kelsak, bu balki har bir poziciyada o’ynaydigan futbolchilar saviyasini oshirish, gol kiritishdan tashqari yaxshi himoyalanish ustida ham bosh qotirish kerak deb o’ylayman.

Malika Kushbakova suhbatlashdi

Fikr bildirish