Futbol

Ispaniya chempionati 34-turidan o’rin olgan bahs yakuniga etdi.

56



Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

La Liga. “Barselona” “Valensiya”ni mag’lub etdi va chempionlik uchun kurashni davom ettiradi

Teglar : 
Valensiya BarselonaLa Liga 2020/21
Ispaniya chempionati 34-turidan o’rin olgan bahs yakuniga etdi.

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Valencia

Gabriel Paulista – 50′, Carlos Soler – 83′

LaLiga . 34-tur

03/05/2021, 00:00

3
:

2

Tugadi

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi – 57′, Antoine Griezmann – 63′, Lionel Messi – 69′

Stadion: Estadio Mestalla, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.
			Ispaniya chempionati 34-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.
			45′
90′
35′  Uros Racic50′  Gabriel Paulista50′  Carlos Soler56′  Toni Lato64′  Toni Lato (Mouctar Diakhaby)79′  Uros Racic (Kevin Gameiro)79′  Hugo Guillamon (Christian Oliva)83′  Carlos Soler83′  Christian Oliva57′  Lionel Messi57′  Lionel Messi63′  Antoine Griezmann65′  Marc-Andre ter Stegen69′  Lionel Messi75′  Pedri (Ilaix Moriba)75′  Sergino Dest (Sergi Roberto)
Match-senterda ochish

YANGILASH

"Valensiya" – "Barselona" 2:3

"Mestalya"

Gollar: 1:0 – 50 Gabriel Paulista, 1:1 – 57 Messi, 1:2 – 63 Grizmann, 1:3 – 69 Messi, 2:3 – 83 Soler.

"Valensiya" – Sillessen, Toni Lato (Diakabi, 64), Gilyamon (Gameyro, 79), Gayya, Vass, Gedesh, Rachich (Oliva, 79), Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

"Barselona" – ter Stegen, Dest (Serdji Roberto, 75), Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Moriba, 75), Pike, Messi, Grizmann.

Ogohlantirishlar: Rachich (35), Toni Lato (56), ter Stegen (65).

O’YIN YAKUNLANDI!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo’shib berildi.

85. Kutilmaganda o’yinda uyg’onish sodir bo’ldi. Gol urgan "Valensiya" endi hisobni tenglashtirishga intilmoqda.

83. GOOOL! Solerning super zarbasidan so’ng hisob qisqardi. Karlos 25-30 metr uzoqlikdan Ter SHtegen darvozasini nishonga oldi va maqsadiga erishdi.

82. To’p yana "Valensiya" futbolchisining qo’liga tegdi, ammo bosh hakam bu safar penalti bermaslikka qaror qildi.

79. Messi boshlagan hujum muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Uning uzatmasini raqib ilib ketdi.

68. GOOL! Messi 23 metr uzoqlikdan darvozani ishg’ol qildi. Leo o’z hisobiga navbatdagi jarima zarbasidan urilgan golni yozib qo’ydi. Argentinalik forvardning zarbasidan so’ng to’p o’ng ustunga tegib, darvozaga kirib ketdi.

67. Bugun Leo jarimadan gol urmay maydonni tark etmasa kerak. "Valensiya" futbolchilari Leoni jarima maydonchasi yaqinida yiqitishda va hakam fol qayd etdi.

63. GOOOL! Grizmann "Barselona" hisobda oldinga chiqib olishini taminladi. Avvaliga to’p qanotdan jarima maydonchasiga uzatildi, Albaning uzatmasidan so’ng De Yong bosh bilan hamyurti darvozasiga zarba berdi. Yasper qaytargan to’pni Grizmann bo’sh darvozaga joylab qo’ydi.

57. GOOOL! Lekin penaltidan emas. Silessenn Leoning zarbasini qaytardi, keyin Buskets qaytgan to’pni jamoadoshiga uzatdi, Pedrining zarbasi qaytarildi va nihoyat Messi gol urdi.

56. Penalti! "Valensiya" futbolchisi o’z jarima maydonchasi ichida to’pni qo’li bilan o’ynadi. To’p qarshisida Messi.

54. Dembele mashg’ulotlarni boshlab yubordi. Ha, Usmonsiz ishlar yurishmayapti.

52. Yana bir xavfli hujum… Terri Korreaning zarbasidan so’ng to’p darvoza yonginasidan o’tib ketdi.

50. GOOOL! Burchak uzatmasidan so’ng Gabriel Paulista bosh bilan hisobni ochdi. O’sha vaziyatda hamma to’xtab qoldi va Ter SHtegen yiqilib, hakamdan bir nimalarni so’radi. Hammasini VAR tekshirib ko’radi. Gol hisobga olindi.

49. Gonsalo Gedeshning tezkor qarshi hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Ter SHtegen raqib futbolchisining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo’ldi.

46. Ikkinchi bo’lim boshlandi.

TANAFFUS!

44. Albaning navbatdagi uzatmasi va navbatdagi omadsizlik. Ha, aytgancha, bugun "Barselona"ni Ronald Kumanning yordamchisi boshqarmoqda. CHunki o’tgan bahsda niderlandiyalik mutaxassis chetlatilgan edi.

40. "Barselona" futbolchilari yana bir o’ta xavfli vaziyatdan gol ura olishmadi. Alba chap qanotdan to’pni markazga uzatdi, ammo to’pni darvozaga burib qo’yadigan mard topilmadi.

35. Urosh Rachich raqibiga nisbatan qo’pol o’ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

31. Zarbaaaa… Messi tepgan to’p darvoza ustidan o’tib ketdi.

30. Messi raqib jarima maydonchasi oldida fol ishlab oldi va bu nuqtadan o’yindagi hisobni ochishi mumkin.

24. Alba o’z darvozaga zarba beradigan vaziyatda to’pni Messiga uzatishga qaror qildi. Uzatma yo’liga "Valensiya" futbolchisi to’g’anoq bo’ldi va hujum bartaraf etildi.

20. Arauxoning xatosidan so’ng "Valensiya" tezkor qarshi hujumga o’tdi, biroq Gayyaning zarbasidan so’ng to’p ustun yonidan o’tib ketdi.

18. Mehmonlarning xavfli hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi, ammo Antuanning chap qanotdan markazga uzatgan to’piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

12. "Barselona" raqib jarima maydonchasi oldida standart vaziyat ishlab olishdi. Messi zarba bermadi, uzatma amalga oshirdi. To’pga Arauxo zarba berdi, ammo hozirgi kunda "Valensiya" sharafini himoya qilayotgan Kataloniya klubi sobiq posboni Silessen to’pni qaytarishga muvaffaq bo’ldi.

7. CHempionlik uchun kurashayotgan "Real" va "Atletiko" ushbu turda g’alabaga erishishdi. "Barselona" o’z imkoniyatlarini saqlab qolishi uchun g’alaba qozonishi lozim.

3. XAVFLI VAZIYAT! Messi boshlab bergan hujumni Pedri o’ng oyog’i bilan yakunlashi mumkin edi, ammo uning zarbasidan so’ng to’p darvoza yonginasidan o’tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Valensiya" – "Barselona"

00.00, "Mestalya"

"Valensiya" – Sillessen, Toni Lato, Gilyamon, Gayya, Vass, Gedesh, Rachich, Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes.

"Barselona" – ter Stegen, Dest, Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri, Pike, Messi, Grizmann.

Fikr bildirish