Angliya va “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
So‘nggi paytlarda Keyn “Man Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalmoqda.
– Rostini aytsam, hozirda bor e’tiborimni faqat Angliya terma jamoasiga qaratmoqdaman.
Akam mening agentim. So‘nggi bor u bilan bir necha hafta oldin gaplashganman, keyin u menga Yevro-2020da omad tilagan edi.
Boshqa klublar bilan aloqam yo‘q edi. Ular menga ko‘pincha omad tilab yozadilar, ammo boshqa klublar bilan umuman aloqalar bo‘lmagan, deydi angliyalik forvard.