Futbol

Keyn Yevropa chempionati tariхga kirdi. U buni amalga oshirgan ilk futbolchi

174

Angliya terma jamoasi Yevro-2020 yarim finalida Daniyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 104-daqiqasida «Tottenxem» va Angliya hujumchisi Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirolmadi, ammo daniyaliklar kiperi Kasper Shmeyxeldan qaytgan to‘pga zarba berib, jamaosi uchun muhim golni kiritdi. Shunday qilib, 27 yoshli hujumchi Yevropa chempionatlari qo‘shimcha daqiqalarda belgilangan penaltidan gol urolmagan musobaqa tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi.

Shuningdek, Keyn yevro tarixida o‘tkazib yuborilgan penaltidan so‘ng gol urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Birinchisi, makedoniyalik Ezgan Alioski bo‘lib, u ham mazkur natijani Yevro-2020da Ukrainaga qarshi o‘yinda (1:2) amalga oshirgandi.

Fikr bildirish