Futbol

Mourinyoga Italiya stadionlariga kirish ta’qiqlanadi

124

2022 yilning 1 yanvaridan Italiya huqumatining yangi qarori kuchga kiradi. Unga ko‘ra, faqatgina koronavirusga qarshi emlanib, sertifikatga ega bo‘lgan insonlargina sport va boshqa madaniy tadbirlarda ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.

Ushbu sertifikatni olish uchun insonlar to‘liq emlangan bo‘lishi yoki koronavirusga chalingan bo‘lishingiz kerak. Kasallikka chalinganlar 105 kun davomida emlanishdan ozod qilinadi.

Demak, Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo koronavirusga chalinmagani va emlanmagani uchun jamoasining o‘yinlarini bevosita stadionda kuzata olmaydi, deya xabar bermoqda Sport Mediaset.

“Roma” klubi yuristlari bu yuzasida ish olib borishmoqda.

“Roma”ning keyingi turdagi o‘yini 6 yanvar kuni “Milan” bilan safarda bo‘lib o‘tadi.

Fikr bildirish