Futbol

Ronaldu Runining tanqidiga «otvet» qaytardi (foto)

320

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoadoshi Ueyn Runining tanqidlariga javob berdi.

Kuni kecha Runi «Manchester Yunayted»dagi vaziyatni tahlil qilar ekan, Ronalduning transferi o‘zini oqlamaganini aytdi. 37 yoshli portugaliyalik futbolchi 32 o‘yinda 18 ta gol urgan va hozirda «Yunayted»ning mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi, biroq jamoa kutilganidan past natija ko‘rsatib, Premyer-liga jadvalida 7-o‘rinni egallab, YECHL yo‘llanmasidan quruq qolish arafasida turibdi.

Ronaldu Runining instagramdagi suratiga izoh qoldirdi. Suratda Runi «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager va boshlovchi Devid Jons bilan birga tushgan.

«Ikki hasadgo‘y odam», – dedi Ronaldu. Ehtimol u nafaqat Runi, balki Karragerni ham nazarda tutgan.

36 yoshli Runi Ronaldudan yoshroq, ammo professional futbolchi sifatidagi so‘nggi o‘yinini 2020 yil 25 noyabrda o‘tkazdi. Hozirda u «Derbi Kaunti» bosh murabbiyi hisoblanadi.

https://www.instagram.com/p/Cb-qH3qMVVO/?utm_source=ig_embed&utm_campaign=loading

Fikr bildirish