Futbol

Ronaldu «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Uning qayerga yo‘l olishi ma’lum

42

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini «Sporting»da yakunlash haqida o‘ylamoqda.

Sport Mediaset jurnalisti Klaudio Raymondi xabariga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas va u 2022 yil yozida, uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagach, «Sporting»ga o‘tmoqchi.

«Ronaldu allaqachon kelajak uchun rejalarini shakllantirgan. U «Yuventus»dagi yurishini yakunlamoqchi va ikki yilni «Sporting»da o‘tkazmoqchi.

Ammo, Krishtianu aynana hozir Turin klubini tark etmoqchi emas. U 2022 yilda tugaydigan shartnomasini hurmat qiladi. O‘z navbatida, uning Ispaniya, «Real»ga qaytish imkoniyatlari juda past darajada. Shuningdek, «Manchester Yunayted» ham Ronalduni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatga ega emas.

Hech qanday holatda u hozir «Yuventus»ni tark etmaydi. Bunga esa uning shaxsiy sabablari va ayniqsa homiylar bilan aloqalari yo‘l qo‘ymaydi», – dedi Raymondi.

Ronaldu 2018 yildan beri «Yuventus»da o‘ynab kelmoqda. Hujumchi 1997 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida esa «Sporting» safida to‘p tepgan.

Ma’lumot o‘rnida, Portugaliyalik yulduz ushbu mavsum, A Seriyaning 30 o‘yinida maydonga tushib, 27 gol va 3 golli uzatma amalga oshirdi.

Fikr bildirish