Bir qator manbalarining xabar berishicha, ko‘xna qit’a miqyosida yangi turnir vujudga kelish arafasida. Ushbu turnir Yevropa Superligasi deb nomlanadi. Bu musobaqa ko‘p jihatlari bilan Yevropa Chempionlar Ligasidan ajralib turishi aytilmoqda.
“AP” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur chempionatda qatnashmoqchi bo‘lgan klublar translasiya daromadlarining katta qismini oladi. “Sky Sports”ning ma’lum qilishicha esa bu loyihani moliyalashtirish qariyb 6 milliard yevroni tashkil etadi. UYEFA esa bu musobaqaning yaratilishiga qarshi va ushbu turnirda qatgashgan klublarni YECHLdan chetlatishi mumkin. Shuningdek, A Seriya, La Liga va APL ham Yevropa Suyerligasida o‘ynagan jamoalarni milliy chempionat o‘yinlarida qatnashishini ta’qiqlaydi va yana unda harakat qilgan futbolchilar terma jamoalariga ham chaqirilmaydi.
Hozircha ushbu turnirda qatnashish taklifini “Manchester Yunayted”, “Liverpul” “Manchester Siti” “Real Madrid, “Atletiko” , “Chelsi, “Tottenhem”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter”, “Milan”, “Yuventus” kabi jamoalar bildirgan. PSJ va “Bavariya” jamoalari esa bu taklifga rad javobini bergan.
FIFA ham bu masalani e’tiborsiz qoldirmaydi va oktyabr oyida bayonot berib, bu holat rasmiy bosqichga yetib borsagina aralashishi mumkin.
Ushbu g‘oya tashabbuskori “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres hisoblanadi. Shuningdek, bir qator klub prezidentlari bu borada Peresni qo‘llab-quvvatlamoqda. UYEFA bu turnirda qatnashish niyatini bildirgan klublar bilan sudlashish niyatida.