Xabaringiz bor, yertaga Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichi doirasidagi bahslar o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu saralash doirasidagi Singapur terma jamoasiga qarshi uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahs oldidan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov kelayotgan uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Birinchi o‘yinimizni kutyapmiz. Bu yangicha formatdagi turnir. Ancha vaqt rasmiy o‘yin o‘ynamadik. Albatta, Saudiya Arabistoni bu turnirda ustunlikka ega. Lekin, hammasi o‘z qo‘limizda. Imkoniyat 50/50. Bizda ungacha yana ikkita o‘yin bor. Yo‘qotishlar yo‘q va hamma sog‘-salomat. Faqat Oybek Bozorovda diskvalifikasiya bor”, – deydi Abramov.