Futbol

Aguero o‘rniga munosib nomzod keladi

77

“Manchester Siti” prezidenti Xaldun al-Muborak jamoani tark etgan Serxio Aguero o‘rniga munosib hujumchi olib kelishga va’da berdi.

– Serxio Agueroning o‘rnini bosish juda qiyin. Lekin men unga munosib o‘rinbosar topa olishimizga aminman. Bundan tashqari, jamoada kuchaytirilishi lozim bo‘lgan boshqa pozisiyalar ham bor. Gap sonda emas, sifatda. Biz jamoaga sifatli o‘yinchilarni jamlashimiz kerak. Biz jamoaga aql bilan sarmoya kiritamiz, – dedi klub rahbari.

“Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya chempioni bo‘lganiga qaramay, rahbariyat Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqolmaganidan qoniqmadi.

Fikr bildirish