Futbol

Xavi “Barselona” futbolchilariga dam berdi, ammo 9 o’yinchi mashg’ulotlarga keldi

147

Manbaga ko’ra, “Barselona” ustozi Xavi Neapolga uchishdan oldin seshanba kuni shogirdlariga dam berishga qaror qilgan.

Biroq, shunga qaramay, jamoaning to’qqiz futbolchisi mashg’ulotlarga keldi va o’z ustida ishlashni afzal ko’rdi. Bular, Erik Garsiya, Ferran Torres, Serxio Buskets, Dani Alves, Lyuk de Yong, Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Memfis Depay va Kleman Lengle.

Eslatib o’tamiz, kataloniyaliklar 25 fevralda Evropa Ligasi 1/16 final javob bahsi doirasida “Napoli” bilan bahslashadi. Ilk o’yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Fikr bildirish