Boks/MMA

19 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o’tkaziladigan UFC Fight Night 201 turnirining yangi markaziy jangi tasdiqlandi.

200

Aslida ushbu oqshomning markaziy to’qnashuvi Rafael Fiziev va Rafael Dos Anos o’rtasida o’tkazilishi kerak edi. Lekin qirg’izistonlik jangchi AQSH vizasini o’z vaqtida ola bilmadi va buning natijasida ushbu jang kechroq muddatga qoldirildi. 

Tashkilotchilar kelasi hafta o’tkaziladigan turnirning yangi markaziy jangi sifatida yarim og’ir vazn toifasi vakillari – Jonni Uoker va Jamaal Xill qarama-qarshiligini tasdiqlashdi. 

Malumot uchun, 29 yoshli Jonni Uoker o’tgan yilning oktyabr oyida Tiago Santosga imkoniyatni boy bergandi. 30 yoshli Jamaal Xill esa aksincha, jangning ilk daqiqasida Jimmi Krutni nokautga uchratgandi. Ayni paytda Jonni hamda Jamaal UFC reytingida mos ravishda 10 va 12-o’rinlarni egallab turishibdi. 

Fikr bildirish