Futbol

O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda so’nggi turlar doirasida bo’lib o’tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko’rib chiqildi.

25



O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Suyunov 3ta, Jabborov 2ta o’yinga chetlatildi. Otilgan tosh uchun “Andijon” klubi jarima to’laydi – O’FA Tartib-intizom qo’mitasi qarorlari

Teglar : 
Tartib intizom qo’mitasi qarorlari
O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda so’nggi turlar doirasida bo’lib o’tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko’rib chiqildi.

Xususan, Superliganing 7-turi doirasidagi “Olimpik”— “Dinamo” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Jo’rabek Mannonov o’yinning 83-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan o’yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Jo’rabek Mannonovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Superliga 8-turi doirasidagi “Bunyodkor”— “Metallurg” uchrashuvida “Metallurg” jamoasi futbolchisi SHoxnazar Norbekov uchrashuvning 46-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan o’yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, SHoxnazar Norbekovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Superliga 9-turi doirasidagi “Qo’qon-1912”— “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Eldorbek Suyunov uchrashuvning 90+6-daqiqasida bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani va uning shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. SHuningdek “Paxtakor” jamoasi matbuot kotibi Behzod Nazarov uchrashuv yakunidan so’ng tribuna osti yo’lakchasida uchrashuv hakamligidan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani va hakamlar brigadasi shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Eldorbek Suyunovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima chorasi qo’llanildi. Bexzod Nazarovga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

Superliga 9-turi doirasidagi “Navbahor”— “Neftchi” uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Dilshod Jabborov uchrashuvning 52-daqiqasida bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani va uning shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Dilshod Jabborovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

Pro liga 7-turi doirasidagi “Andijon”— “Mashal” uchrashuvida mezbon jamoa muxlislari tomonidan uchrashuvning 65-daqiqasida "Mashal" jamoasi texnik zonasi tomonga tosh uloqtirilgani uchun “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

Pro liga 8-turi doirasidagi “Buxoro”— “G’ijduvon” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi SHavkat Salomov uchrashuvning 90+6-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, SHavkat Salomovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va intizom chorasi qo’llanildi.

***

Birinchi liga 5-turi doirasidagi “Qizilqum farm”— “Andijon II” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fayzullo Nurmuxammadov uchrashuvning 80-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Fayzullo Nurmuxammadov nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Birinchi liga 5-turi doirasidagi “Neftgazmontaj”— “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida “Neftgazmontaj” jamoasi futbolchisi Jasur To’xtasinov uchrashuvning 83-daqiqasida bosh hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Jasur To’xtasinovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “SHahrixonchi” — “Aral” uchrashuvida “SHahrixonchi” jamoasi futbolchisi Bekzodjon Tursunov uchrashuvning 86-daqiqasida erda yotgan holatida raqib o’yinchisini butsasining tag qismi bilan tepgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Bekzodjon Tursunovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

Birinchi liga 6-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Aral” uchrashuvida “Nasaf farm” jamoasi futbolchisi Dilmuhammad Ochilov uchrashuvning 58-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan o’yin qoidasini jiddiy tarzda buzgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Dilmuhammad Ochilovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-21 Birinchiligi 5-turi doirasidagi “Bunyodkor”— “Metallurg” uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Alisher Xayrullaev uchrashuvning 80-daqiqasida bosh hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Alisher Xayrullaevga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-21 Birinchiligi 9-turi doirasidagi “Metallurg”— “Dinamo” uchrashuvida “Metallurg” jamoasi murabbiyi Baxrom Umarov uchrashuvning 90+2-daqiqasida texnik zonani tark etib bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Baxrom Umarov nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Olimpik”— “Lokomotiv” uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Baxtiyor Tadjiev uchrashuvning 86-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Baxtiyor Tadjievga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi AGMK— “Dinamo” uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Jasurbek Karimov uchrashuvning 81-daqiqasida raqib o’yinchisining yuziga urgani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Jasurbek Karimovga nisbatan 4 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Andijon”— “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi Firdavs Kenjaev uchrashuvning 90+5-daqiqasida maydonga tushib bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Firdavs Kenjaevga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Aral Samali”— “Nasaf” uchrashuvida “Aral Samali” jamoasi futbolchisi Ruslan Anuarov uchrashuvning 90-daqiqasida raqib o’yinchisining oyog’iga qasddan zarba bergani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Ruslan Anuarovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 4-turi doirasidagi “Qizilqum”— “Buxoro” uchrashuvida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Farrux Ibodov uchrashuvning 59-daqiqasida yordamchi hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgan, shuningdek “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Mirzojon Rizoev uchrashuvning 78-daqiqasida raqib o’yinchisining yuziga urgani va unga nisbatan tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Farrux Ibodovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi. Mirzojon Rizoevga nisbatan esa 4 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

U-19 chempionati 5-turi doirasidagi “Xorazm”— “Andijon” uchrashuvida “Andijon” jamoasi futbolchisi Abdulatif Oybekov uchrashuvning 77-daqiqasida raqib o’yinchisining qorniga urgani va tajovuzkor hatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. SHuningdek “Xorazm” jamoasi futbolchisi Muhammad Axmadjonov uchrashuvning 77-daqiqasida raqib o’yinchisining yuziga urgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Abdulatif Oybekovga va Muhammad Axmadjonovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Futzal Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Neftchi”— “Navbahor” uchrashuvida “Neftchi” jamoasi murabbiyi Farrux Zakirov uchrashuvning 40-daqiqasida bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani va unga nisbatan kuch ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Farrux Zakirovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

Futzal Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Stroitel-Zarafshon”— “Lokomotiv” uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Ilyos Mallaev uchrashuvning 17-daqiqasida ikkinchi hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Ilyos Mallaevga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

Futzal Birinchi ligasi 4-turi doirasidagi “Fidokor”— “BMB” uchrashuvida “Fidokor” jamoasi murabbiyi Jaloliddin Qosimov uchrashuvning 2-daqiqasida bosh hakam qaroridan o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo’mitasining qaroriga ko’ra, Jaloliddin Qosimovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

Fikr bildirish