Toshkentning "Paxtakor" klubi 60 ochko to’plab chempion bo’ldi. "SHerlar" 19ta g’alaba, 3ta durang va 4ta mag’lubiyat qayd etishdi.
Etiborlisi ikkinchi o’rinni egallagan "So’g’diyona" mavsum davomida chempiondan kamroq mag’lub bo’lgan: 12ta g’alaba, 11ta durang va 3ta mag’lubiyat. Bundan tashqari o’zaro o’yinlarda ham Jizzax klubi "SHerlar"dan ustun: Toshkentda 0:0, Jizzaxda 1:0.
Ikkinchi o’rindagi jamoada chempiondan kamroq bo’lishi so’nggi bor 2015 yilgi mavsumda kuzatilgan ekan. O’shanda vice-chempion "Lokomotiv" 2ta mag’lubiyat qayd etgan, chempion "Paxtakor" esa 3 bor yutqazgan.