Boks/MMA

30 maydan 24 iyungacha Moskva shahrida boks bo’yicha “Qitalar jangi” nomli professionallar o’rtasida loyiha bo’lib o’tmoqda.

304

Bu haqida Buxoro boks federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda Amerika, Afrika, Osiyo qitasi hamda Rossiya Federaciyasidan 4 ta jamoa ishtirok etadi. O’zbekiston terma jamoasi ustozi Buxorolik murabbiy Ravshan Xodjaev Osiyo terma jamoasi murabbiyligiga saylandi. SHuningdek, musobaqada besh vazn toifasida Osiyo qitasini himoya qiladigan bokschilar tarkibi ham malum bo’lib ulgurdi. 

“Osiyo qitasi” tarkibi quyidagicha ko’rinish oldi:

-63 kg: Bahodur Usmonov (Tojikiston) 

-68 kg:  Bobo Usmon Baturov (O’zbekiston) 

-75 kg:  Saparbay Aidarov (Qozog’iston) 

-80 kg:  Odiljon Aslonov (O’zbekiston) 

-90 kg:  Madiyar Saidrahimov (O’zbekiston) 

Murabbiy: Ravshan Xodjaev (O’zbekiston) 

Janglar 3 daqiqadan 4 raund etib belgilangan. Jarayonlarni «Match» TV Rossiya kanali efirga uzatadi. Barcha sportchilarimizga Osiyo qitasini himoya qiladigan shunday muhim turnirda omad tilab qolamiz.

Fikr bildirish