Boks/MMA

UFC promoushenining sobiq vakilalari, MMA go’zallari – Peyj Vanzant va Reychel Ostovich qo’lqopsiz kechadigan jangda oktagonga ko’tarilishadi.

324

Bare Knuckle FC ligasi doirasidagi ushbu jang 19 iyul kuni bo’lib o’tadi. Bu haqida promoushenning rasmiy “Tvitter” sahifasida xabar berildi. Ushbu jang Ostovich uchun qo’lqopsiz ligadagi debyut jang bo’ladi. SHu paytgacha u UFC promoushenida ishtirok etib kelayotgandi. So’nggi jangini 2020 yilning noyabr oyida UFC Vegas 15 turnirida Jin Mazaniga imkoniyatni boy bergan. Bu uning ketma-ket qabul qilib olgan uchinchi mag’lubiyati edi. 

Peyj Vanzant uchun esa bu qo’lqopsiz ligadagi ikkinchi jang bo’ladi. Maftunkor Vanzant debyut jangida Britani Xartga ochkolar hisobiga ko’ra yutqazib qo’ygandi. Qizig’i, Reychel va Peyj UFC Fight Night 143 turnirida o’zaro to’qnash kelib ulgurishgan. O’shanda Vanzant muddatidan avval g’alaba qozongandi. 

Fikr bildirish