Futbol

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o’yin bo’lib o’tadi.

200



Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.

JCH saralashdagi raqiblarimiz. Yaman birinchi davradagi sensaciyani takrorlay oladimi?

Teglar : 
YamanXayrulla XoliqovSaudiya ArabistoniJCH saralash
Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o’yin bo’lib o’tadi.

Guruhdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni terma jamoasi Yaman termasiga qarshi bahs olib boradi. O’yin Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.

Guruhdagi vaziyat

Biz joy olgan "D" guruhida Saudiya Arabistoni 11 ochko bilan birinchi o’rinni egallab turibdi. Vakillarimiz hisobida 9 ochko bo’lib, hozircha ikkinchi o’rinda boryapmiz. Saudiyaliklarning bugungi raqibi Yaman termasida 5 ochko bor va bu jamoa oxirgi o’rinda boryapti. Agar bugun Saudiya Arabistoni g’alaba qozonsa, ochkolari sonini 14ga etkazib, bizdan 5 ochkoga ilgarilab ketadi. SHu bois biz uchun bugun saudiyaliklar ochko yo’qotgani maqul.

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.
			 

Birinchi davradagi o’yin

Birinchi davrada o’tkazilgan Yaman – Saudiya Arabistoni bahsi Yamandagi siyosiy notinch vaziyat tufayli Bayhranda tashkil etilgandi. 2019 yilning 10 sentyabr kuni Bahrayn "Milliy" stadionida kechgan bahs 2:2 hisobida tugagan. O’sha o’yinda Yaman termasi futbolchisi Mohsen Qaravi hisobni ochgan, keyinchalik Hattan Bahebri hisobni tenglashtirgandi. Birinchi taymning o’zida yamanlik futbolchi Omar Al Dahi hisobni 2:1 ko’rinishga keltirgan bo’lsa, tanaffusdan so’ng Salim Al Dovsari jamoasiga bir ochko keltirgan gol muallifi bo’lgandi.

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.

Tayyorgarlik

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo’lajak uchrashuvlarga 1 iyundan tayyorgarlikni boshladi. 31 may kuni jamoa azolari yig’ilib, koronavirusga test topshirgan bo’lishsa, ertasi kundan mashg’ulotlarga start berildi. Yaman terma jamoasi Ar Riyodga kelishdan oldin qisqa muddat yig’in tashkil etdi. Lekin ularda chempionat o’yinlari yuqori saviyada o’tkazilmagani bois terma jamoa ko’ngildagidek hozirlik ko’ra olmadi. Buning ustiga o’tgan oy jamoa bosh murabbiyi Sami Al Naashning bevaqt vafoti ham futbolchilarga qattiq tasir qildi.

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.
			 

O’yindan oldingi fikrlar

Kecha har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Erve Renar matbuot anjumanida birinchi davradagi o’yinda futbolchilarda raqibni mensimaslik holati kuzatilganini aytib, navbatdagi bellashuvda bu narsa bo’lmasligi haqida futbolchilarni ogohlantirdi. 

"Yamanga qarshi kechgan birinchi o’yin hamon yodimda. Bahraynda o’tkazilgan uchrashuvda biz 2:2 hisobini qayd etgandik. Aytishim kerakki, o’shanda futbolchilarimizda raqibni mensimaslik holati kuzatilgan. O’ylaymanki, bu safar unday bo’lmaydi. Yana shuni aytishim mumkin, o’shanda men Saudiya Arabistoni futbolchilarini yaxshi bilmasdim. O’tgan vaqt mobaynida bir nechta mashg’ulot va o’yinlar o’tkazdik, futbolchilarni yaqindan taniy boshladim. Hozirgi paytga kelib guruhda 11 ochko bilan peshqadamlik qilyapmiz. Agar Yaman termasini mag’lub etsak, eng yaqin taqibchimiz O’zbekistondan besh ochkoga ilgarilab ketamiz. Buni jamoadagi hamma juda yaxshi his qilib turibdi", – deydi franciyalik murabbiy. 

Yaman terma jamoasini yaqinda qabul qilib olgan mahalliy mutaxassis Ahmed Ali Qassem esa Saudiya Arabistoniga qarshi bahs oldidan  muxlislarga vada berdi.

"Biz Yaman xalqiga jahon chempionati saralash bahslarida bor imkoniyatimizni ishga solishga hamda o’z o’yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishga vada beramiz. Biz hayotda realistmiz, shu bois qanday raqiblarga qarshi maydonga tushayotganimizni juda yaxshi bilamiz. Oldindan balandparvoz gaplarni aytmoqchi emasman, lekin shuni aytishim mumkin, har bir o’yinda bor kuch bilan harakat qilamiz", – deydi yamanliklar ustozi.

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.

Imkoniyatlar

Albatta, bugungi bellashuvda Saudiya Arabistoni terma jamoasi favorit sifatida ko’rinmoqda. Biroq maydon tekis, to’p yumaloq deganlaridek har narsa bo’lishi mumkin. Bugungi bahs "Qirol Saud Universiteti" stadionida bo’lib o’tadi. Aytish mumkinki, aynan shu o’yingohda saudiyaliklar 30 mart kuni Falastinni 5:0 hisobida mag’lub etishgandi. Umuman olganda Saudiya Arabistoni MTJ qolgan uchta uchrashuvni ham shu stadionda o’tkazadi. Yaman terma jamoasi birinchi o’yindagi kabi bugun ham durang qayd etsa bormi, bu biz uchun haqiqiy bayram bo’ladi. Lekin mezbonlar o’z uylarida bugungi raqib bilan bahsda ochko yo’qotishmasa kerak. 

Bugun JCH-2022 saralash bosqichi ikkinchi raund doirasida biz uchun ahamiyatli o'yin bo'lib o'tadi.
			Muallif : Xayrulla Xoliqov

Fikr bildirish