Teglar :
O’zbekiston MTJFalastin singapurSaudiya Arabistoni JCH-2022 JCH-2022 saralashi
JCH-2022 saralash Osiyo qitasi ikkinchi bosqichning hal qiluvchi bellashuvlari start olib ulgurdi.
O’zbekiston terma jamoasi joy olgan "D" guruhi doirasida kecha Falastin va Singapur terma jamoalari o’zaro bahs olib borishdi. Unda falastinliklar 4:0 hisobida g’alaba qozonishdi.
Palestine Tamer Seyam – 19′, Oday Dabbagh – 23′, Tamer Seyam – 30′, Yasser Hamed – 85′ |
World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. D . 7-tur 03/06/2021, 23:00 0 4 Tugadi |
Singapore
|
45′
90′
18′ (Mohamad Darwish)19′ Tamer Seyam23′ Oday Dabbagh26′ Musab Al Battat30′ Tamer Seyam48′ Mahmoud Abuwarda67′ Layth Kharoub (Khaled Salem)73′ Tamer Seyam (Mohammed Darwish)80′ Mahmoud Abuwarda (Badr Moussa)80′ Mohammed Yamin (Oday Kharoub)85′ Yasser Hamed18′ Madhu Mohana46′ Irfan Fandi (Faris Ramli)46′ Gabriel Quak Jun Yi (Baihakki Khaizan)65′ Hafiz Nor (Saifullah Akbar)77′ Nazrul Ahmad Nazari (Zulqarnaen Suzliman)88′ Shakir Hamzah (Hafiz Abu Sujad)
Match-senterda ochish
Vakillarimiz Ar Riyoddagi yurishlarini 7 iyun kuni Singapurga qarshi bahs bilan boshlashadi. SHu sabab bo’lajak raqibning o’yinini kuzatdik. Biz uchun Falastinning guruhda so’nggi pog’onani egallashi muhim edi, buni ko’p bor aytib keldik. Sababi, agar falastinliklar oxirgi bo’lishsa va biz birinchi emas, ikkinchi bo’lib qolsak, u holda bizdan 3 ochko olib tashlanardi. Yani, KXDR saralashdan chetlatilgani bois ikkinchi o’rinni olgan jamoalarning guruhda oxirgi bo’lgan raqiblari bilan uchrashuvlardagi ochkolari olib tashlangani holda hisob-kitob qilinadi. Agar Abramov shogirdlari birinchi bo’la olishsa, unda bu qoidaning bizga bir tomchi ham aloqasi qolmaydi. Lekin, barcha ikkinchi o’rinlar uchun bu amalda bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda O’zbekistonning barcha bellashuvlarda g’alaba qozonishini kutganimiz kabi Falastinning hamma o’yinini boy berishiga umid qilishimiz kerak edi. Kecha esa ikkinchi holat deyarli "uxladi". Nazariy jihatdan Falastin hamon oxirgi bo’lishi mumkin. Lekin, vaziyatga real baho bersak bu endi qiyin.
Falastin kecha Singapurga hech qanday imkon qoldirmadi. Birinchi bo’limda uch kun keyingi raqiblarimiz birorta hujum ham uyushtira olishmadi. O’yin tomonlama Singapur juda ham "qashshoq". Bu jamoani ortiqcha qiyinchiliksiz yirik hisobda yutishimiz kerak. Himoyachilarining kechagi harakatlarini ko’rib hayron qoldim. Falastin esa aksincha, menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Ular o’zgacha ishtiyoq bilan o’ynashdi, bizga ham oldindagi bellashuvlarda mana shunday ishtiyoq juda va juda zarur. Falastin esa kechagi holatida 15 iyun kuni Yamanni ham mag’lub eta oladi. Ko’rinib turibdiki, endi biz Falastinning oxirgi bo’lishidan umid qilmasligimiz kerak. Ular guruhda beshinchi bo’lishmaydi va biz ikkinchi bo’lib qolgan taqdirimizda bizdan 6 ochko olib tashlanishi mumin, agar Saudiyagacha Singapur va Yamanni mag’lub etsak.
O’zbekiston terma jamoasi oldida esa faqat bitta yo’l qolyapti – Saudiya Arabistonini mag’lub etish. CHunki, ikkinchi o’rin biz uchun tavakkal degani. Hozir tavakkal qila oladigan holatda emasmiz.
Kechagi o’yindan keyin guruhimizdagi holat.
Muallif : Tolibjon Qosimov
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.