“Real”ning sobiq ustozi Zinedin Zidan qisqa tanaffusga chiqadi. Fransuz mutaxassisi biron bir klubda ishlashni istamaydi, ammo o‘z mamlakati terma jamoasini boshqarishni niyat qilgan. Bu haqda Libertad Digital jurnalistlari ma’lum qilishdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Zidan Fransiya terma jamoasining murabbiylik o‘rni bo‘shashishini sabr bilan kutadi. Jamoaning amaldagi ustozi Didye Desham bilan shartnoma 2022-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Avvalroq Zidan “Yuventus” va “PSJ”da ish boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.