Futbol

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

226



Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

“Evro-2020 kundaligi”. Musobaqaning dastlabki bahsi: Turkiya – Italiya o’yini haqida

Teglar : 
ItaliyaTurkiyaEvro-2020
Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Dastlabki o’yin Italiyaning poytaxti — Rimda o’tkazildi. A guruhidan o’rin olgan Turkiya — Italiya uchrashuvi musobaqaning ilk o’yini bo’ldi. Mazkur uchrashuvdan avval Italiyani yaqqol favorit sanaganlar ham, Turkiyadan yaxshi natija kutganlar ham bo’ldi. Ushbu uchrashuvga qiziqish ancha yuqori edi. 

Musobaqaning dastlabki uchrashuvi bo’lganiga yarasha o’ziga xos ochilish marosimi ham o’tkazildi. Biz ushbu jarayonlarni so’z bilan emas, balki suratlar bilan namoyish etishga qaror qildik. 

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Italiya terma jamoasining madhiya aytishi esa alohida etiborga sazovor. Men 2012 yilgi Evropa chempionatida ko’rgan Italiya termasi ham bugungidek madhiya aytgan va bu holat ular uchun doimiy holga aylangan. 

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

O’yinga keladigan bo’lsak, birinchi bo’limning ilk daqiqalari sokin boshlangan bo’lsa-da, biroq keyinchalik italiyaliklar ustunlikni o’z tomonlariga og’dirishdi. Turkiyadan ko’ra ko’proq Italiya termasi hujumlarga o’tib turishdi, biroq hujumlarning chinakam xavflisi 22-daqiqasida sodir bo’ldi. Burchak zarbasidan oshirilgan to’pni Kellini boshi bilan zarba berdi. Ug’urjan CHaqirdan ajoyib super seyv namoyish etib, jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi. 

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

SHundan so’ng ham "Skuadra Adzurra"da bir necha imkoniyatlar bo’ldi, lekin ularni golga aylantirish ko’rsatkichi nolga teng bo’ldi. 

Birinchi bo’limdan so’ng zarbalar statistikasi 0-14 bo’ldi, Italiya foydasiga. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak bunday farq 2004-yilgi Niderlandiya — Latviya bahsidan beri ilk bor sodir bo’lgan. 

Ikkinchi bo’lim birinchisiga qaraganda ancha shiddatli bo’lishi kutilgandi va shunday bo’lib ham chiqdi. 54-daqiqada esa uchrashuvda hisob ochildi. Bu turnirdagi ilk gol edi va bu gol ham avtogol etib tarixga muxrlandi. Italiyalik Domeniko Berrardi o’ng qanotdan oldinga o’tib, to’pni markazga tepdi. Turkiya termasi azosi Merix Demiral esa o’z darvozasini ishg’ol qilib qo’ydi. 

Siz-u-biz odatda himoyaviy futbol ko’rsatishiga ko’nikib qolgan Italiya terma jamoasi mazkur o’yinda ko’proq hujumlarga urg’u berdi. Aksincha, bu o’yinda asosan Turkiya terma jamoasi ko’proq himoyalandi. Aslida, italiyaliklar raqiblarini shunday qilishga majbur qila olishdi.

67-daqiqada CHiro Immobile Italiyaning 2-golini urdi. Leonardo Spinaccolaning darvoza tomon yo’llagan zarbasini Turkiya posboni qaytarib yubordi. Qaytgan to’pga zarba bergan Immobile esa o’z maqsadiga erishdi — 0:2.

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

79-daqiqaga kelib esa barchasi hal bo’ldi. Lorenco Insine Immobilening uzatmasidan so’ng darvoza tomon zarba berib, hisobni yirik ko’rinishga keltirdi va qaysidir manoda ushbu gol o’yindagi so’nggi nuqta edi. O’yin so’nggiga qadar deyarli esda qolarli voqealar bo’lmadi va Evro-2020 turnirining ilk uchrashuvida Italiyaning qo’li baland keldi. 

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Ushbu uchrashuvdan so’ng bir nechta faktlarni keltirib o’tish darkor. Jumladan:

  • Evropa chempionati ilk bor avtogol bilan boshlandi;
  • Donnaruma Evropa chempionatida Italiya darvozasini qo’riqlagan eng yosh posbonga aylandi (22 yosh 106 kun);
  • Italiya terma jamoasida mag’lubiyaciz seriya 28 o’yinga etdi (mutloq rekordgacha yana 2ta o’yin qoldi);
  • Italiya termasi Evropa chempionati tarixida ilk bor bir o’yinda 3ta gol urishga muvaffaq bo’ldi.

Ushbu o’yinning eng yaxshi futbolchisi deb Italiya termasi futbolchisi Leonardo Spinaccola topildi.

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi.

Yana bir qiziq holat aynan ushbu uchrashuvdan so’ng omma etiboriga tushdi. Malum bo’lishicha, italiyalik Tvitter foydalanuvchisi Turkiya — Italiya o’yini boshlanishidan 10 soatcha avval uchrashuvda kiritiladigan gol mualliflarini aniq topgani Tvitter ahlini hayratga soldi. 

VaneJuice nikli foydalanuvchi UEFAning Tvitterdagi rasmiy akkauntida o’yin natijasini taxmin qilish borasida qoldirilgan xabar ostida Turkiyaga qarshi o’yinda Immobile, Insine gol kiritishini, yana bir golni esa Turkiya terma jamoasi azosi Demiral o’z darvozasiga yo’llashini yozgan.

Italiya terma jamoasi ushbu g’alabadan so’ng tabiiyki A guruhida 3 ochko bilan 1-o’rinda bormoqda. 

12 iyun kuni A guruhining Uels — SHveycariya, shuningdek, B guruhidan o’rin olgan Daniya — Finlyandiya hamda Belgiya – Rossiya uchrashuvlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Eng uzoq kutilgan Evropa chempionatiga ham start berildi. 
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish