Futbol

Marselo rahbariyatga jiddiy murojaat bilan chiqdi

203

Marca nashrining ta’kidlashicha, «Real» himoyachisi Marselo klub rahbariyatidan o‘zining ehtimoliy sotilishi haqidagi ma’lumotga oydinlik kiritishlarini so‘ragan.

Biroq “qirollik klubi” mutasaddilari 33 yoshli himoyachiga tashvishlanadigan hech narsa yo‘qligini aytishgan. U kelasi mavsum ham jamoada qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, Marselo va «Real» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining o‘zi buni uzaytirishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Marselo 2007 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib keladi.

Fikr bildirish