Futbol

JCH saralash. Janubiy Korea Livanni mag‘lub etdi va O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatini oshirdi

219

Jahon chempionati va Osiyo Kubogi qo‘shma saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. “H” guruhida ishtirok etayotgan Janubiy Koreyaning Livanga qarshi o‘yini yakunlandi. Uchrashuv koreyslarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 
Mazkur g‘alabadan so‘ng, “osiyo yo‘lbarslari” hisobidagi ochkolar soni 16taga yetdi. Livanda esa 10 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yinda Livanning mag‘lub bo‘lishi O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga ishlaydi. Sababi, keyingi bosqichga chiqish uchun 2-o‘ringa kurashayotgan jamoalar orasida vakillarimizga qarshi aynan livanliklar raqobat olib bomoqda.

Janubiy Koreya – Livan 2:1

Gollar: Song Min Kyu (50), Son Xin Min (65-pen) – Soni Saad (12).

Fikr bildirish