14:50. O’FA Birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov nutq so’zlamoqda.
14:39. Kongressning kun tartibi
1.O’FAning Ustavini OFK va FIFA talablari asosida yangi tahrirda tasdiqlash – BIR OVOZDAN TASDIQLANDI
2. O’FA saylov kodeksini tasdiqlash – BIR OVOZDAN TASDIQLANDI
3. O’FAning saylov qo’mitasini tasdiqlash – BIR OVOZDAN TASDIQLANDI
4. O’FAning apellyaciya saylov qo’mitasini tasdiqlash – BIR OVOZDAN TASDIQLANDI
14:37. "Jurnalistlar futbolni faqat kuzatuvchisi yoki tanqidchisi bo’lib qolmasdan, uning faol azolaridan biriga aylanishdi. G’alaba va mag’lubiyat doim yonma yon yuradi. Yaqindagi O’zbekiston terma jamoasining mag’lubiyatini O’FA alohida ko’rib chiqadi va bu borada hisobot beradi. Bu mag’lubiyat bir kunda bo’lib qolmadi. Bolalar futbolidan boshlab muhokama qilamiz. Bizda orqaga yo’l yo’q", – dedi Abdusalom Azizov.
14:35. O’FA yangi Ustavi muhokama qilinadi va sentyabr oyidagi O’FA hisobot saylov kongressi haqida malumot beriladi.
14:33. Kongressni O’FA prezidenti A.Azizov ochib bermoqda.
14:33. Bugungi kongressda OAV vakillari savol berishi mumkin emas.
14:32. O’FAning Navbatdan tashqari kongressi boshlandi.
14:30. O’FA prezidenti Abdusalom Azizov zalga kirib keldi.
14:28. O’zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ham shu erda
14:27. Zalga Ravshan Ermatov kirib keldi.
14:23. Vadim Abramov va Aziz Haydarov yonma-yon o’rindiqda o’tiribdi…
14:15. Hozircha delegatlar va OAV xodimlari MOQ binosidagi o’z joylarini egallashmoqda.