Ushbu turnir davomida o’zbekistonlik MMAchi Mirafzal Axtamov ham oktagonga chiqdi. Ushbu jangda sportchimizga braziliyalik Paulo Kosta raqiblik qildi.
3 raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi va unda hamyurtimiz ochkolar evaziga g’alaba qozondi. Hakamlarning ikki nafari o’zbekistonlik sportchining g’alaba qozonganini qayd etdi.