AGMK joriy mavsum uy uchrashuvlarida barchadan yaxshiroq natija qayd etyapti. Buning ustiga, Navoiy jamoasi Olmaliqda o’tgan so’nggi 4 o’yinning barchasida maydonni boshi egik holda tark etgan. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatlari ham AGMKning favoritligidan dalolat beryapti.
Ammo, Aktamov Olmaliqqa "oq bayroq" ko’tarish uchun bormasligi aniq. CHunki bu yilgi "Qizilqum" oldingilaridan keskin farq qilyapti. Jamoa natija uchun o’ynashni uddalamoqda. Navoiyliklar ortda qolgan 9 turda o’z darvozalaridan faqat 7 bor to’p olib chiqishdi. Bu borada chempionat etakchisi "Paxtakor"gina yaxshiroq natijaga ega – 5. "Qizilqum" ayni paytda mehmonda mag’lub bo’lmagan 3 jamoadan biri bo’lib turibdi. Etiborli jihati, klub safar o’yinlarida faqat 1 ta gol o’tkazib yuborgan. Bu Superliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Solishtirish uchun, o’tgan mavsumning shu qismiga etibor qaratamiz. "Qizilqum" darvozasi 18 marta ishg’ol qilingan. Jamoa 2 ochko bilan oxirgi pog’onada turgan edi.
Xullas, o’z uyida hammadan zo’rroq o’ynayotgan AGMK safarda yutqazmayotgan, gol o’tkazmayotgan "Qizilqum"ga qarshi. Bu bahs Mirjalol Qosimov uchun 2 karra ahamiyatli.
CHunki AGMKdan yuqorida turgan "Paxtakor" va "So’g’diyona" bu turda ochko yo’qotdi. SHu tufayli Mirjalol Qo’shoqovich shogirdlari bugun g’alaba uchun 2 karra ko’proq harakat qiladi. Ko’ramiz, Olmaliqdagi o’yinda kimning ananasi yakun topadi?