SHu munosabat bilan bugun O’FA anjumanlar zalida ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov va darvozabonimiz Rustam Umarov qatnashdi.
"Avvalambor assalomu aleykum. Venesuela bilan o’rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirib berishgani uchun O’FAga katta minnatdorchilik bildiraman. Ular bilan o’ynash ham foydali, ham katta sharaf. Raqib mundialda ko’p ishtirok etgan. Bu borada katta tajribaga ega. CHiroyli o’yin o’tkazib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Bahodir Ahmedov.
– Venesuela uslub jihatdan Jahon chempionatida O’zbekiston o’rin olgan guruhdagi qaysi jamoaga o’xshash?
– Ularni o’z uslubi va futzalchilari bor. Venesuela ko’proq Misr va Guatemalaga o’xshab ketadi. Biroq mundialda raqiblarimiz boshqacha taktikadan foydalanishi mumkin. Hamma narsaga tayyor turishimiz kerak.
– FIFAga 25talik kengaytirilgan tarkib beriladi. Hozirda yig’inda 20 nafar futzalchi ishtirok etmoqda. Taxminan yana qolgan o’yinchilar ham aniqmi?
– Taxminan o’yinchilar belgilab bo’lingan. Oxirgi pallagacha yana o’zgartirishimiz ham mumkin. 20 nafardan boshqa yana 20ta futzalchilarimiz bor.
"Bizni ikkita yaxshi o’yin kutmoqda. Venesuela o’ziga yarasha nomdor va yaxshi jamoa. Tezkor va tartibli o’yinchilarga ega. O’ylaymanki ertaga arenaga keladigan ishqibozlarga xursandchilik ulasha olamiz",- deydi Rustam Umarov.
– Intervyularingizni birida Rossiyaga qarshi o’ynash orzuingiz ekanligini aytgandingiz.
– Ha shunday orzuim bor edi. Rossiya haqida juda yaxshi malumotlarga egaman. Aloqalarimiz yaxshi. Jahon chempionatida ularga qarshi munosib o’yin ko’rsatishga harakat qilamiz.