Boks/MMA

UFC’dagi vakilimiz Mahmud Muradov yordamga muhtoj insonlarni qo’llab-quvvatlashda davom etmoqda.

252

Sportchimiz kuni kecha Samarqanda yana bir xayrli ishga qo’l urdi. Muradov bu haqda Instagram sahifasi orqali xabar berdi va tegishli suratni ilova qildi.

“Bugun biz vaqt topib yordamga muhtoj oilalarga yordam qo’lini cho’zish uchun Samarqandga tashrif buyurdik. Oilalarni zarur dori-darmonlar bilan taminladik. Eng muhimi, bu – odamlarning ko’zlarida quvonchni ko’rish va men nafaqat moddiy, balki manaviy jihatdan ham yordam berishdan juda xursand bo’ldim. Endi biz Samarqandga tez-tez kelib turamiz va bu bolalarning tezroq sog’ayib ketishi uchun qo’llab-quvvatlaymiz”, – deya yozadi Mahmud Muradov.

Fikr bildirish