Futbol

26 iyundan 27 iyunga o’tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya – Avstriya uchrashuvi bo’lib o’tadi.

265



26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Evro-2020 kundaligi”. “Yangicha” Italiya “chaqilmagan yong’oq” – Avstriyaga qarshi (o’yin haqida)

Teglar : 
ItaliyaEvro-2020 kundaligiAvstriyaEvro-2020
26 iyundan 27 iyunga o’tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya – Avstriya uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Bugungi kunga belgilangan ikki uchrashuvning ikkinchisi Italiya — Avstriya terma jamoalari ishtirokida o’tkaziladi.

Italiya terma jamoasi haqida

Italiyaning mazkur Evropa chempionatidagi ishtiroki avvalgilaridan mutlaqo farq qilyapti. Jamoa bu narsani ilk turdayoq ko’rsatib qo’ygandi. Turkiyaga qarshi kechgan ochilish o’yinida jamoa Turkiyani jarima maydonchasi ichiga "qamadi". Turkiyaning rejasi aslida qarshi hujum asosiga qurilgan edi o’sha kuni, lekin bu ham o’tmadi. Birinchi bo’limdan so’ng zarbalar statistikasi 0-14 bo’ldi, Italiya foydasiga. Ikkinchi bo’limda ham birinchisiniki kabi o’yin ketdi. Yakunda Italiya 3:0 hisobida g’alaba qozondi. 

26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

2-turda italiyaliklar shveycariyaliklarga qarshi bahs olib bordi. O’yin boshidanoq favorit sanalgan italyanlar o’yin davomida chindan ham bu fikrlar to’g’ri ekanligini isbotlab qo’yishdi. Bahsni shveycariyaliklar faollik bilan boshlagan bo’lsa-da, ammo keyinchalik Italiya raqibni jarima maydonchasi ichiga "qamab qo’ydi". 

Bu o’yinda ham Turkiya bilan qayd etilgan natija takrorlandi. Lokatellining dubli hamda Immobilening bir gol italiyaliklar g’alaba olib keldi. 

Italiya — Uels, 3-tur o’yini haqida avvalroq yozdik

SHu tariqa Italiya terma jamoasi "A" guruhida 1-o’rinni olgan holda nimchorak final yo’llanmasiga ega chiqdi.

Avstriya terma jamoasi haqida

Avstriyaliklar "C" guruhda Niderlandiya, Ukraina hamda SHimoliy Makedoniya terma jamoalari bilan bahs olib borishdi. Jamoa 1-turni SH. Makedoniya termasiga qarshi o’tkazdi. O’yinda favorit Avstriya va edi amalda ham buni isbotlay oldi.  Avstriya termasi azosi Layner o’ziga noqulay vaziyatda bo’lishiga qaramay hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o’tar-o’tmas SHimoliy Makedoniya terma jamoasi Evrop chempionatlari tarixidagi o’zlarining ilk golini urishdi. 2-bo’limning dastlabki daqiqalarida ikki terma jamoa ham navbati bilan hujumlarga o’tib turishdi. Ammo omad Avstriya tomonida bo’ldi. 78-daqiqada David Alabaning uzatmasidan so’ng Gregorich to’pni darvozaga kiritdi. O’yinning so’nggi daqiqalari o’tib turgan bir vaqtda zaxiradan tushgan Arnautovich hisobni 3:1 ko’rinishiga keltirdi va o’yinga nuqta qo’ydi. 

26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

2-turni Avstriya Niderlandiyaga qarshi o’tkazdi. O’yinning ilk daqiqalaridanoq Niderlandiya tashabbusni o’z qo’liga oldi. 9-daqiqada Avstriya darvozasiga qo’yilgan penalti esa birinchi bo’limda niderlandiyaliklarning g’alabasi bilan tugashiga oydinlik kiritdi. Ikkinchi bo’limda ham asosan ustunlik Niderlandiya tomonda bo’ldi. 67-daqiqada Malenning qulay pasidan keyin Dyumfris hisobni oshirdi – 2:0. 

3-turni Avstriya Ukraina terma jamoasiga qarshi o’tkazdi. O’yindagi to’liq tashabbus aynan biror terma jamoasi tomonida bo’ldi deb aytib bo’lmaydi. Arnautovich bir necha bor imkoniyatlarni ko’kka sovurdi. Avstriya birinchi bo’limda sezilarli ustunlikka erishdi, vaziyatlar yaratdi, lekin hozircha faqatgina bitta gol urdi. Ikkinchi bo’limda esa Andrey SHevchenko shogirdlari gol urish uchun bir necha bor hujumlar uyushtirdi. Samara esa bo’lmadi. Avstriyada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi-yu, biroq shu kuni boshqa gol urilmadi. 

SHu tariqa Avstriya terma jamoasi "S" guruhida 2-o’rinni olgan holda nimchorak final yo’llanmasiga ega chiqdi.

Xulosa 

Italiya yuqorida takidlaganimizdek bu yili boshqacha o’yin namoyish etmoqda. Tarkibida taniqli futbolchilar nisbatan kam bo’lsa-da Manchini qo’lidagi masalliqdan yaxshi taom tayyorlay olgan. Bu narsa o’tgan 3 turda yaqqol ko’rindi. Markaziy himoyasida yoshi katta futbolchilarga hamon ishonayotgan jamoa turnirda hali gol o’tkazmaganini alohida takidlash lozim. 

Avstriya esa potencial jihatdan yaxshi. Jamoaviy o’yini yaxshi qurilgan. Bu narsa 1- va 3-turlarda yaxshi ko’rindi. 2-turda ham Niderlandiyaga yaxshi qarshilik ko’rsatildi, ammo natija baribir o’sha kuni niderlandiyaliklar tomonida bo’ldi. 

Mazkur jamoalar o’rtasida shubhasiz Italiya favorit. Bu narsani inkor etib bo’lmaydi. Lekin Avstriya bugun Italiyaga yaxshigina bosh og’riq bo’lishi mumkin. Italiya esa ortda qolgan o’yinlarda chempionlikka davogar ekanligini ko’rsata oldi. Pley-offda ham bu narsani davom ettiradimi, yo’qmi ko’rib olamiz. 

Qadrli muxlis, siz mazkur uchrashuvda qaysi terma jamoa g’alaba qozonadi deb o’ylaysiz?

26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tadi. 
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish