Futbol

Anchelotti Yevropa chempionati finalida kim o‘ynashi mumkinligini taxmin qildi

305

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevro-2020 finalida qaysi jamoalar o‘ynashi mumkinligini taxmin qilib ko‘rdi.

«Ispaniya va Germaniya endi ancha moslashib qolishdi. Ular yaxshi o‘ynashni boshlamaydi, deb o‘ylash kulguli edi. Angliyadan ham ehtiyot bo‘lish kerak. Sababi, tarkibda 2020/21 yilgi Chempionlar Ligasi finalida o‘ynagan 6 futbolchi bor. Italiyaning yo‘li juda muammoli. Ularni chorakfinalda Belgiya yoki Portugaliya kutib turibdi, yarimfinalda esa Fransiya bilan o‘ynashlari kerak. Narigi jamaolar yo‘li nisbatan osonroq. Niderlandiyaning yarimfinalga chiqishiga ishonaman.

Avvalroq Italiya va Angliyani finalda o‘ynnashi mumkiligini aytgandim.  Hozircha taxminim mos kelmoqda. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Fikr bildirish