Futbol

Yevro-2020. «Validol taym»larda sensasiya ko‘rsatgan Shveysariya Fransiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

389

Biroz oldin dramatik tarzda o‘tgan Fransiya va Shveysariya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda shveysariyaliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Xaris Seferovich hisobni ochdi. Bu golga “uch ranglilar” 3 aniq zarba bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 9 daqiqa ichida tarozi pallalarini tenglashtirgan shveysariyaliklar o‘yinni penaltilar seriyasiga qadar olib bordi va unda Shakiri jamoadoshlari omadliroq chiqishdi.

Fransiya – Shveysariya 3:3, penaltilar – 4:5

Gollar: Seferovich, 15 – 0:1, Benzema, 57 – 1:1, Benzema, 59 – 2:1, Pogba, 75 – 3:1, Seferovich, 81 – 3:2, Gavranovich, 90 – 3:3

Fransiya: Lyoris, Varan, Kimpembe, Langle (Koman, 46; Tyuram, 111), Pavar, Pogba, Kante, Rabyo, Benzema (Jiru, 94), Mbappe, Grizmann (Sissoko, 88).

Shveysariya: Zommer, Elvedi, Akandji, Rodriges (Mexmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Suber (Fassnaxt, 79), Froyler, Djaka, Shakiri (Gavranovich, 73), Embolo (Vargas, 80), Seferovich (Sher, 97).  

Fikr bildirish