Futbol

Italiya A Seriyasiga yana bir o’zbekistonlik futbolchi yo’l olishi mumkin.

176



Italiya A Seriyasiga yana bir o'zbekistonlik futbolchi yo'l olishi mumkin.

“Paxtakor” futbolchisi “Jenoa”ga o’tishi kutilmoqda

Teglar : 
JenoaIbrohimhalil Yo’ldoshev Paxtakor
Italiya A Seriyasiga yana bir o’zbekistonlik futbolchi yo’l olishi mumkin.

Rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyanning malumotiga ko’ra, "Paxtakor" va O’zbekiston terma jamoasi o’yinchisi IbrohimHalil Yo’ldoshevni "Jenoa" xarid qilmoqchi.

20 yoshli himoyachining transferi yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Muzokaralar bilan ProSportsManagement va Valerio Juffrid shug’ullanmoqda – aynan ular SHomurodovning "Jenoa"ga o’tishida ishlashgan edi.

Ammo, Yo’ldoshev 2021/22 yilgi mavsumni "Syon"da o’tkazadi. Bu Italiyaga Evropa Ittifoqi tashqarisidan legionerlar qo’shilishi bilan bog’liqdir. Genuya klubi rahbariyati SHveycariyadagi bir yil Yo’ldoshevning foydasiga xizmat qiladi deb hisoblamoqda – u Evropaga moslashadi, tilni o’rganadi va 2022 yilda Genuyaga yo’l oladi.

Yana bir malumot: "Jenoa" yozda Eldor SHomurodovni sotmoqchi emas. Klub Genuyadagi yana 6 oy o’zbekistonlik futbolchining narxi ko’tarilishi mumkin degan qarorga keldi.

Italiya A Seriyasiga yana bir o'zbekistonlik futbolchi yo'l olishi mumkin.

Fikr bildirish