Futbol

6 iyul kuni O’FA Ijroqo’mi Byurosining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

163



6 iyul kuni O'FA Ijroqo'mi Byurosining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

O’FA Superliganing 12ta, Pro liganing 7ta klubiga legionerlarni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha taqiq qo’ydi

Teglar : 
legionerlar PFL Coca Cola SuperligaO’FA Ijroqo’mi Byurositaqiq
6 iyul kuni O’FA Ijroqo’mi Byurosining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

 va unda shu yilning 14 may kuni O’zbekiston futbol associaciyasi majlislar zalida klublar bosh murabbiylari hamda rahbarlari bilan o’tkazilgan yig’ilish xulosalari, shuningdek, mazkur xulosalar asosida kiritilgan takliflar atroflicha o’rganib chiqildi.

Byuro legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish masalasiga alohida etibor qaratdi hamda “SHo’rtan”, “Surxon”, “Neftchi”, “Qo’qon-1912”, “Andijon” kabi futbol klublarining xorijlik futbolchilar bilan ishlashda qator kamchiliklarga yo’l qo’ygani, oqibatda ish FIFA doirasida muhokama etilgani masalasini muhokama qildi. Bu ishlar tabiiyki, O’zbekiston futboli imidjiga salbiy tasir ko’rsatishi qayd etildi.

SHundan kelib chiqib, O’FA Ijroqo’mi Byurosi “Surxon”, “Neftchi” va “SHo’rtan” futbol klublariga joriy yilgi yozgi transfer oynasida legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha to’liq cheklov joriy etishni maqulladi.

“Andijon”, “Nasaf”, “Turon”, “Qizilqum”, “Qo’qon-1912”, “Lokomotiv”, “Mashal”, “Metallurg”, “So’g’diyona”, “Navbahor lochinlari”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Oqtepa”, “Yangier quruvchi”, “Xorazm”, “Dinamo plyus” futbol klublariga esa mavjud qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun 2021 yilning yozgi transfer oynasi uchun legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha taqiq qo’yildi.

Mazkur taqiq futbol klublarining ayollar jamoalari uchun legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish uchun tadbiq etilmaydi. SHuningdek, mavjud qarzdorlikni yozgi transfer davomida to’liq bartaraf etgan klublar uchun 31 iyul sanasiga qadar yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishga ruxsat etiladi.

Legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishga taqiq qo’yilgan barcha futbol klublari yozgi transfer oynasi yakuniga qadar (2021-yilning 31 iyul) mavjud qarzdorlikni bartaraf etmasa, ular uchun 2022 yilgi mavsumning qishki transfer oynasida ham legioner futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishga taqiq qo’yilishi to’g’risida qatiy ogohlantirildi.

Fikr bildirish