Boks/MMA

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) iyul oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

180

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo’lqop ustasi reytingini elon qiladi. Yangi elon qilingan reytingdan 7 nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan. 

Birinchi o’ta engil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do’smatov 20-pog’onada qayd etilgan.

Ikkinchi engil vaznda (-55,3 kg) Islombek Pirmanov 39-o’ringa joylashgan.

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) ikki  vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 21-pog’onadan joy olgan. Yana bir charm qo’lqop ustamiz SHahram G’iyosov esa 30-o’ringa joylashgan. 

Yarimo’rta vazn toifasida (-66,67 kg) Qudratillo Abduqahhorov 8-pog’onani band etgan. 

Birinchi o’rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov 18-o’ringa joylashgan.

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug’ofurov (-76,2 kg) 28-o’ringa tushib ketgan. Bektemir Meliqo’ziev esa afsuski hozircha TOP-40 reytingini tark etgan.  

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Fikr bildirish