Futbol

UYEFA Angliya – Daniya bahsi bo‘yicha tekshiruvni boshladi

181

UYEFA Yevro-2020 yarim finalida Angliya terma jamoasi ishqibozlari lazerdan foydalanganlig uchun tekshiruvni boshladi.

104 daqiqadagi penaltini tepish jarayonida “Uembli”dagi muxlislaridan biri daniyalik darvozabon Kasper Shmeyxelning yuziga lazer nurini qaratdi. Biroq, ushbu holat posbonga unchalik ta’sir qilmadi. Sababi, hujumchi Harri Keynning birinchi zarbasini Shmeyxel qaytarishga erishdi.

Ammo, shunday bo‘lsa ham UYEFa ushbu holatni shubhali deb hisoblab tekshiruvni boshlab yubordi.

UYEFA Angliya - Daniya bahsi bo‘yicha tekshiruvni boshladi

Fikr bildirish