Mazkur tadbirda O’zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham ishtirok etdi. Biz saralash bahslarida qaysi terma jamoa ishtirok etishi haqida Ravshan Haydarovning fikrlari bilan qiziqdik.
Murabbiyning saytimiz muxbiriga malum qilishicha, ushbu masala hali aniq emas. "Bu masalalar ish jarayonida bo’ladigan holat. Bu narsa keyinroq malum bo’ladi", — dedi Ravshan Haydarov.
Uning fikricha qo’l ostidagi futbolchilar uchun xalqaro musobaqa zarur. SHu jihatdan U-23 terma jamoasi mazkur musobaqada qatnashgani maqul.
Malumot uchun, avvalroq O’zPFL bosh direktori Diyor Imomxo’jaev telegram-kanalida Timur Kapadze boshqaruvidagi "Olimpik" jamoasi nisbatan yoshroq bo’lsa-da, saralash bahslarida O’zbekiston sharafini himoya qilishi kutilayotgan ekanligini yozgan edi.
Saytimiz muxbiri izoh olish uchun Timur Kapadze bilan bog’lana olmadi.